N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil


Xodimlarga qo‘yiladigan asosiy talablar


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/41
Sana23.09.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1685146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
N. K. Ramazonova kadrlar bilan ishlashni tashkil

Xodimlarga qo‘yiladigan asosiy talablar. Hozirgi vaqtda xalq 
xo‘jaligi texnikaviy jihatdan qayta qurilmoqda; ishlab chiqarish 
vositalarining tobora katta qismidan samarali foydalanish uchun 
xodim yuksak bilim va mahorat egasi bo‘lishi kerak. Shuningdek
vijdonan ishlash va intizomli bo‘lish, ishlab chiqarishning za-
monaviy murakkab texnologiyasi talablariga qattiq rioya qilishi 
zarur.
Xalq xo‘jaligida ham, shuningdek, korxona ishi ham ishlab 
chiqarishning ixtisoslashuvi chuqurlashib borishi natijasida ish-
lab chiqaruvchilar o‘rtasida xo‘jalik sohasidagi hamda texnologik 
aloqalar ko‘payib o‘zgarib borayotganligi nuqtayi nazaridan ham 
ishlab chiqarish murakkablashib bormoqda. 


10
Xo‘jalik xodimlarining uddaburon va tashabbuskor bo‘lishi, ko-
rxonalar o‘rtasidagi iqtisodiy musobaqa, jahon bozorida raqobat-
chilik kengayib borayotgan sharoitda ishlay bilish mahorati singari 
fazilatlariga nisbatan talab qo‘yilmoqda. Korxonalar ning o‘zini-
o‘zi boshqarish, o‘zini-o‘zi mablag‘lar bilan ta’minlashi, to‘la 
xo‘jalik hisobiga asoslanganligi sababli ijtimoiy ishlab chiqa rish 
qatnashchilarining keng sur’atda faoliyat ko‘rsatishiga erish masdan 
turib boshqarishning yangi sistemasini joriy etib bo‘lmaydi.
Jamiyatda ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy taraqqiyot – mehnat-
kashlar madaniy-texnikaviy saviyasining oshishi, insonning im-
koniyatlari oshishiga va shunga muvofiq ravishda uning mehnati 
samaradorligi va sifati oshishiga olib keladi. Jamiyatimizni ijti-
moiy sohada qatnashuvi birgalikdagi mehnat jarayonida ular ning 
ishiga bir-birlariga bo‘lgan munosabatlariga, ijrochilar bilan rah-
barlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlariga bog‘liqdir.
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli asosiy tarkibiy qismlari 
quyidagilardan iborat:
1. Shaxs.
2. Davlat va jamiyat.
3. Uzluksiz ta’lim.
4. Fan.
5. Ishlab chiqarish.
Shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyek-
ti. Ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amal-
ga oshiruvchisi.
Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh xodimlar tayyor-
lashning asosi bo‘lib ta’limning barcha turlarini davlat ta’lim ye-
takchilarini, xodimlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoli-
yat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi. 
Fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan 
foydalanuvchi ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ish-
lab chiqaruvi.
Ishlab chiqarish – xodimlarga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, 
ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan 
talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, xodimlar tayyorlash ti-


11
zimini moliya va moddiy texnika jihatdan ta’minlash jarayoni-
ning qatnashchisi.
Tеst
1. Quyida ko‘rsatilgan javoblar orasidan kadrlar oldiga 
qo‘yiladigan talablardan noto‘g‘risini toping.
A) kasbiy qobiliyat
B) mulk sеnzi 
C) yosh sеnzi
D) o‘z ishiga sadoqat 
2. 
«O‘zbеkiston Rеspublikasining mahalliy hokimiyat 
idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi qonuni qachon qabul 
qilingan?
A) 1994-yil 4-yanvar
B) 1992-yil 3-aprеl 
C) 1995-yil 30-yanvar
D) 1997-yil 29-avgust
3. 
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimovning 
viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birinchi uchrashuvi qa-
chon bo‘lib o‘tgan?
A) 1994-yil 4-yanvar
B) 1992-yil 3-aprеl 
C) 1995-yil 30-yanvar
D) 1997-yil 29-avgust
1
2
3
B
А
B

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling