N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
KO‘CHIRMA VA O‘ZLASHÒIRMA GAPLAR, NUTQ
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
KO‘CHIRMA VA O‘ZLASHÒIRMA GAPLAR, NUTQ
USLUBLARI BO‘YICHA O‘ÒILGANLARNI ÒAKRORLASH 1. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap deb qanday gapga aytiladi? 2. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap qanday qismlardan tashkil topadi? 3. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar qanday tinish belgilari bilan yoziladi? 4. O‘zlashtirma gap deb qanday gaplarga aytiladi? 5. Ko‘chirma gaplar qanday qilib o‘zlashtirma gapga aylantiriladi? 6. Qanday nutq uslublarini bilasiz? 256-mashq. O‘qing. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni topib ko‘chiring. Muallif gapi va ko‘chirma gapni aniqlang. Ko‘chirma gap qanday tinish belgisi bilan yozilganini ayting. «Navbatdagi safarga hozirlik ko‘ryapmiz, — dedi Zokirjon aka. –Bu galgi yo‘nalishimiz Hindiston. Sizning taklifingizni bilmoqchiman». «Juda yaxshi, qalbi va ijodi Bobur ruhiga yaqin ijodkorlar ko‘p», — dedim men. Zokirjon aka gapimni bo‘ldi. «Òo‘xtang endi, — dedi u. — Siz mendan ham fidoyi chiqib qoldingiz. Birinchi safarimizda bir-ikki gaplashdig- u, lekin, mening nazarimda, o‘zingiz uncha qiziqmadingiz. Ikkinchidan, bizda ham tajriba yo‘q, kimni olib, kimni qo‘yishni bilmay, rosa qiynalganman, shuning uchun bu gal o‘zingiz birga bo‘lsangiz. Boshqa o‘rtoqlar ham sizni tavsiya qilishyapti». 111 Ekspeditsiya rahbari Zokirjon Mashrabov uchinchi safarga uzoq, puxta hozirlik ko‘rdi. (Qamchibek Kenja) 257-mashq. Berilgan ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirib, yozing. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap shaklida qanday o‘zgarishlar qilganingizni ayting. 1. «Dunyodagi eng ulug‘ martaba, eng ulug‘ sharaf Vatan ozodligi uchun xizmat qilish»,— deydi A. Ori pov. 2. «Har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati, — deb yozadi Abdulla Avloniy, — yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdir». 3. Oybek shunday deydi: «Xalqning chin o‘g‘illari uchun xalqqa samimiy xizmatdan ko‘ra yuksakroq, muqaddasroq narsa yo‘q». 4. «Boshimizni bilim kuchi uyg‘otsa, bo‘lg‘usidir bizning uchun chin bayram», — deb yozadi shoir Bobur. 258-mashq. Ko‘chirma gaplarni toping, ularni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring va ular o‘rtasidagi farqlarni tushuntiring. 1. «Esli odam so‘z boshlamas «men» bilan...», — degan edi turkman shoiri Maxtumquli. 2. Kamoliddin Binoiy shunday demish: «Kishi yaxshiligi ishidan ma’lum, yaxshi yil bahor-u qishidan ma’lum». 3. O‘zbek xalq maqollaridan birida: «Odam qo‘li — gul, cho‘lni bo‘ston qiladi»,— deyilgan. 4. «Òandan ham aql ortiq, biz ana shu aqlga tanni bo‘ysundirishimiz kerak»,— deb yozgan edi qozoq shoiri Abay. 5. «Aql,— deb yozadi Jaloliddin Rumiy,— aqldan quvvat oladi». Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling