N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


-mashq.  Ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari ishtirokida qo‘shma gap hosil qiling. Qo‘shma gapni qismlarga ajrating. 41-mashq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

40-mashq.
 Ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari ishtirokida qo‘shma gap hosil qiling.
Qo‘shma gapni qismlarga ajrating.
41-mashq.
 Gaplarni ko‘chiring, qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarni
tushuntiring.
1. Adab kichkinalar mehrini ulug‘lar ko‘ngliga soladi va u mehr  kattalar
ko‘nglida abadiy qoladi. (Alisher Navoiy) 2.  Fikr ravshan bo‘lsa,  albatta,
uning shakli ham ravshan bo‘ladi. (P. Qodirov) 3. Haqiqiy olim o‘zining ilmi
bilan maqtanmaydi, chunki u o‘zidan ham zo‘r olim va fozil borligini biladi.
(«Hikmatnoma»dan.) 4. Badanning quvvati – ovqat,  aqlning kaliti – hikmat.
(Maqol) 5. Kimning qalbi pok bo‘lsa, u to‘g‘ri va baxtli hayot kechirishga
haqli.  (H. Razzoqov)
42-mashq.
 Sodda gaplarning orasiga bog‘lovchi vositalardan mosini qo‘yib, ularni
qo‘shma gaplarga aylantiring.
1. Òa’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Òarbiya  tajriba bilan
amalga oshiriladi. (Forobiy) 2. Aslida, qo‘shiq aytishning shukuhi o‘zgacha.
Kishi qo‘shiq aytganda  ruhan yengil tortadi. (E. Vohidov) 3.  Men Abdulla
Oripov  she’rlarini yaxshi ko‘raman. Uning fikrlash  tarzidagi o‘ziga xoslik
menga yoqadi. (E. Vohidov) 4. Kitob insondan hech narsa tilamaydi. U
odob-axloqning, bilimning bulog‘idir. («Otalar so‘zi») 5. Kitob — bir bog‘.
Yozuvlar uning gullaridir. (Qayum Nosiriy) 6. Ilm — bir daraxt. Odob
uning mevasidir. (Maqol)


19

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling