N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

39-dars
162-mashq. 
Uyga vazifa. Rasm asosida «Yurtimiz jamoli» mavzusida matn tuzing.
Unda ergashgan qo‘shma gaplardan foydalaning.
MUSÒAHKAMLASH
1-topshiriq.
 O‘qing. Matn tarkibidagi qo‘shma gaplarni aniqlang. Ergashgan
qo‘shma gaplarni ko‘chiring. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalarni
izohlang.
Eshitdimki, bir podshoh bir asirni o‘ldirishga farmon beribdi. Sho‘rlik asir
hayotdan umidini uzibdi va podshohni boplab so‘ka boshlabdi, chunki kishi
jonidan umidini uzsa, ko‘nglida borini bayon etadi.
Podshoh: «U nima deyapti?» — deb so‘rabdi. Sofdil vazirlardan biri: «Ey
podshohi olam, har kim g‘azabini ichiga yutsa, u gunohkorning gunohidan
o‘tadi deyapti», — deb javob beribdi.
Podshohning rahmi kelib, asirni afv etibdi. Sofdil vazirni ko‘ra olmaydigan
ikkinchi vazir gapga aralashdi va vazirlar podshoh huzurida faqat rost
so‘zlashlari lozimligini aytdi: «Bu asir podshohni haqorat qildi va sha’niga


65
yomon gaplar aytdi»,— debdi. Shunda podshoh jahl bilan debdi: «Sen aytgan
rost gapdan ko‘ra uning yolg‘oni menga ko‘proq ma’qul tushdi, chunki uning
yolg‘oni xayrxohlik yuzasidan aytilgan edi. Seniki esa jinoyatga boshlash
uchun aytildi». (Sa’diy)

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling