N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

37-dars
151-mashq.
  Kesimi  -sin  uchun shaklidagi fe’llar bilan ifodalangan ergash gapli
qo‘shma gaplarga uchta misol keltiring. Ularning bosh gap kesimining qanday belgisini
ifodalayotganini ayting.
1. Qanday gaplar hol ergash gap sanaladi?
2. Hol ergash gaplar bosh gapga qanday vositalar yordamida bog‘lanadi?
3. Hol ergash gaplar qanday ma’no turlariga bo‘linadi?
4. Yozuvda hol ergash gaplar bosh gapdan qanday tinish belgisi bilan
ajratiladi?
5. Hol ergash  gapli qo‘shma gaplarning qoli pini chizing.
152-mashq.
 Uyga vazifa. Bosh gap tarkibida hol vazifasida kelgan shunday olmoshi
ishtirok etgan ergash gapli qo‘shma gaplarga to‘rtta misol keltiring. Ergash gapning
qanday so‘roqqa javob bo‘layotgani va bosh gap kesimining qanday belgisini
bildirayotganini aniqlang.
ÒO‘LDIRUVCHI ERGASH
GAPLI QO‘SHMA GAPLAR
1-topshiriq.
 Berilgan gaplarni ko‘chiring. Bosh va ergash gaplarni aniqlang.
1.  Shu narsani esdan chiqarmangki, odam odam bilan uchrashadi, tog‘
tog‘ bilan uchrashmaydi. (Oybek) 2. Kimki bo‘lsa dilozor, undan el-u yurt
bezor.  (Maqol)
2-topshiriq. 
Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositani hamda bosh
gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshining qaysi gap bo‘lagi vazifasida
kelayotganini aniqlang.
Bilib oling. Bosh gap tarkibida to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llangan
ko‘rsatish  olmoshining ma’nosini izohlab  keluvchi ergash gap-
larga  to‘ldiruvchi ergash gaplar deyiladi.
Òo‘ldiruvchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so‘zlar yoki bosh gap
kesimi tarkibida qo‘llaniluvchi -ki yuklamasi yordamida bog‘lanadi.
Gap qismlari nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langanda, ergash gap
kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi va to‘ldiruvchi ergash
gap bosh gapdan oldin keladi.
Gap qismlari -ki yordamida bog‘langanda esa to‘ldiruvchi ergash gap
bosh gapdan keyin keladi.


61

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling