N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/121
Sana02.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#190591
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   121
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

202-mashq. 
Uyga vazifa.  Nuqtalar o‘rniga ko‘chirma gaplar qo‘ying. Ko‘chirma
gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantiring.
1. Do‘stim dedi: «...». 2. Sinfdoshim mendan so‘radi: « ... ?»
3. O‘qituvchimiz: « ...»,— dedi. 4. Maktab direktori o‘quvchilarga qarata dedi:
« ...!»


84
53-dars
KO‘CHIRMA GAPLARNI
O‘ZLASHÒIRMA  GAPGA  AYLANÒIRISH
1-topshiriq.
  Matnni o‘qing.
O‘zganing gapi ko‘chirma gap orqali ham, o‘zlashtirma gap orqali ham
berilishi mumkin. Bunday vaqtda ko‘chirma gap va o‘zlashtirma gap
ma’nodosh bo‘ladi.
Ko‘chirma gap quyidagi shakliy o‘zgarishlar yo‘li bilan o‘zlashtirma gapga
aylantiriladi:
a) darak gap shaklidagi ko‘chirma gap kesimi tushum kelishigidagi
sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to‘ldiruvchiga, egasi qaratuvchi
aniqlovchiga aylantiriladi. Muallif gapining kesimi vazifasidagi dedi so‘zi aytdi
so‘zi bilan almashtiriladi. Muallif gapining egasi o‘zlashtirma gap egasi bo‘lib
gap boshida keladi. Masalan, «Yoshlarimiz istiqboli porloq»,— dedi
o‘qituvchimiz. // O‘qituvchimiz yoshlarimiz istiqbolining porloqligini aytdi.
b) so‘roq, buyruq shaklidagi ko‘chirma gaplar darak shakliga aylantiriladi.
Masalan,  «Salima qanday o‘qiyapti?» — deb so‘radi onasi. // Onasi
Salimaning qanday o‘qiyotganligini so‘radi.
d) ko‘chirma gap tarkibidagi  undov, kirishlar tushirib qoldiriladi. Undalma
chiqish kelishigidagi to‘ldiruvchiga aylantiriladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling