N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

47-mashq.
Gaplarni o‘qing, bog‘langan qo‘shma gap, ergashgan qo‘shma gap,
bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarzida uch guruhga bo‘lib ko‘chiring.
1. Shogirdlar qancha ko‘p bo‘lsa, ko‘ngil qafasi shuncha ravshanroq
bo‘ladi. (G‘afur G‘ulom) 2. Og‘ziga kelganini demoq nodon ishi va oldiga
kelganini yemoq hayvon ishi. (Alisher Navoiy) 3. Oqil gar so‘z bila so‘zni
yopar, Orif o‘shal so‘zda o‘zini topar. (Haydar Õorazmiy) 4. Hunar o‘rgan,
chunki hunarda ko‘p sir, Yopiq eshiklarni ochar birma-bir. (Nizomiy) 5.
Jahonda hammadan to‘g‘rilik a’lo, Egrilikdan ortiq yo‘qdir hech balo.
(Firdavsiy)
48-mashq. 
Sodda gaplarni qo‘shma gaplarga aylantiring.
Biz ham uning ketidan bozorga kirdik. Zarafshon vodiysida
yetishtiriladigan ho‘l-u quruq noz-ne’matlar bari shu yerda. Ranglar-chi,
tabiiy ranglar. Tog‘ora-yu savatlarda katta Minorga o‘xshatib terib qo‘yilgan
pomidorlar, anjirlar, xirmon qilib uyib tashlangan qovun-tarvuzlardagi
oq-u qora, ko‘k-u zangor — olamdagi hamma rang bir-biri bilan rang
talashadi. Ulardan taralayotgan muattar hid-chi?! Quyoshning nuri, yerning
sharbatini shimib pishgan zilday bosvoldini qo‘lingizga olib bir hidlasangiz,
bemalol qovun polizga borib qaytganning savobini topasiz.
(S. Anorboyev)


21
49-mashq.
Qo‘shma gaplardan foydalanib, «Kuz keldi – rizq keldi» mavzusida
matn tuzing.
1. Qo‘shma gaplar qaysi belgisiga ko‘ra turlarga bo‘linadi?
2. Qismlari teng bog‘lovchilar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar qanday
qo‘shma gap sanaladi?
3. Qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchilar yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar
qanday qo‘shma gap hisoblanadi?
4. Qismlari ohang yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar qanday qo‘shma
gap sanaladi?
50-mashq.
Uyga vazifa. Rasm asosida «Hashar» mavzusida qo‘shma gaplardan
foydalanib insho yozing. Qanday qo‘shma gap turlaridan foydalanganingizni ayting.


22

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling