N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-topshiriq.
172-mashq.
O‘qing. Qo‘shma gaplarni ko‘chiring. Qo‘shma gap turini aniqlang. Davlat poytaxtsiz bo‘lmaydi, poytaxtsiz davlatni tasavvur qilish mumkin emas. Õalqimiz o‘z tarixida ko‘plab saltanatlar, hokimliklar, xonlik va amirliklar tuzgan, shuning uchun uning ko‘plab poytaxtlari bo‘lishi tabiiydir. Òoshkent o‘tmishda Shosh davlatining, keyin Òoshkent xonligining poytaxti bo‘lgan. Òoshkent sho‘rolar davrida poytaxt emas edi, mustamlaka bir o‘lkaning poytaxti edi. Poytaxt bo‘lish uchun, avvalo, poytaxtlik maqomi kerak. Unda chet mamlakatlarning elchixonalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari bo‘lishi lozim. («Vatan tuyg‘usi») 173-mashq. «Zukkolar» o‘yini. Uch guruhga bo‘lining. Birinchi guruh bog‘lovchisiz qo‘shma gap topsin. Ikkinchi guruh uni bog‘langan qo‘shma gapga, uchinchi guruh ergashgan qo‘shma gapga aylantirsin. Qaysi guruh to‘xtab qolsa, yutqizgan hisoblanadi. 1. Qanday ma’noni bildiruvchi bog‘lovchisiz, ergashgan va bog‘langan qo‘shma gaplar bir-biri bilan ma’nodosh sanaladi? 2. Bog‘langan, ergashgan va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? 174-mashq. Uyga vazifa. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap shaklidagi gaplarga to‘rtta misol toping. Ularni bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplarga aylantiring. Qanday aylantirganingizni aytib bering. 1-topshiriq. Berilgan sodda gap juftliklaridan quyida berilgan bog‘lovchi vositalar yordamida qo‘shma gap hosil qiling. Bunda kesimning bo‘lishli-bo‘lishsizligini, mayl- zamon shakllarini, gaplarning joylashish tartibini o‘zgartirishingiz mumkin. 1. Bahor keldi. Dalada ishlar avj oldi. 2. Xonada chiroq o‘chdi. Tomosha boshlandi. 3. Orzularimiz ko‘p. Maktabni tugatyapmiz. Bog‘lovchi vositalar: îhang (yozuvda tinish belgilari); teng bog‘lovchilar: va, hamda, ham...ham, yoki, ammo, lekin, biroq, na... na...; bog‘lovchi-yuklamalar: -u, (-yu), -ku, -mi, -ki, hamki,...; ergashtiruvchi bog‘lovchilar: agar, basharti, modomiki, chunki,...; 71 ko‘makchili qurilmalar: shuning uchun, shu sababli, shu tufayli, shu bois, ...; nisbiy so‘zlar: qachon... o‘shanda, qayerda... o‘sha yerda, qancha... shuncha... N a m u n a : 1. Bahor keldi, dalada ishlar avj oldi. 2. Bahor keldi-yu, dalada ishlar avj oldi. 3. Bahor keldi — dalada ishlar avj oldi. 4. Bahor keldi va dalada ishlar avj oldi. 5. Ham bahor keldi, ham dalada ishlar avj oldi. 6. Na bahor keldi, na dalada ishlar avj oldi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling