N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 45-dars 176-mashq.
2-topshiriq.
Yuqorida bajarilgan mashqlar asosida quyidagi savollarga javob bering: 1. Yuqorida berilgan bog‘lovchilardan ayrimlari bilan sodda gaplarni qo‘shma gapga aylantirish mumkin emas. Buning sababi nimada? Fikringizni isbotlang. 2. Berilgan sodda gaplarni ko‘rsatilgan bog‘lovchi vositalarning ikkitasi (uchtasi, to‘rttasi...) bilan bog‘lab, qo‘shma gaplar tuzish mumkinmi? Qismlari har xil bog‘lovchi yoki bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘langan bunday qo‘shma gaplar orasida qanday farq bor? 175-mashq. Mazmuni o‘zaro yaqin, lekin har xil bog‘lovchi vositalar bilan bog‘langan qo‘shma gaplar tuzing. Ularning orasidagi farqni izohlang. N a m u n a : 1. Eshik ochildi, xonaga rassom kirib keldi. 2. Eshik ochildi va xonaga rassom kirib keldi. 3. Eshik ochildi-da, xonaga rassom kirib keldi. 4. Eshik ochildi-yu, xonaga rassom kirib keldi. 5. Eshik ochildi, chunki xonaga rassom kirib keldi. 6. Xonaga rassom kirib keldi, shuning uchun eshik ochildi. 7. Qachon eshik ochilsa, xonaga rassom kirib keladi. Farqlar: 1- va 2-gaplarda qo‘shma gap qismlarida ifodalangan voqea- hodisalarning birin-ketin sodir bo‘lishi, 3-gapda ularning bir-biridan uzil- maganligi, 4-gapda voqea-hodisalarning tez almashganligi, 5- va 6-gaplarda voqea-hodisalar o‘rtasida sabab-oqibat munosabatining mavjudligi 7-gapda esa payt, shart munosabati ta’kidli tarzda ifodalangan. Bog‘lovchili, ya’ni bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplarda qismlarda ifodalangan voqea-hodisalar o‘rtasidagi munosabat bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardagiga nisbatan aniqroq ifodalanadi. 72 45-dars 176-mashq. Qo‘shma gaplarni bog‘langan, ergashgan va bog‘lovchisiz kabi turlarga ajratib ko‘chiring. Bir qo‘shma gap turini boshqasiga aylantirishga harakat qiling. 1. Ko‘chalarda odam siyrak, shuning uchun ular otlarini yo‘rttirib borardilar. (Tohir Malik) 2. Omon ovchining ov sarguzashtlari ko‘plarni qiziqtirardi: ko‘plari hikoya eshitish uchun kelardi. (Sh. Xolmirzayev) 3. Qattiq charchagan edim, nima deb javob berganimni bilmayman. (Said Ahmad) 4. Agar biron asarim kitobxon og‘ziga tushsa, mendan oldin u sevinib ketardi. (Said Ahmad) 5. Sizlar ketdingizlar-u men bechora yetim boladek mung‘ayib qolaverdim. (Said Ahmad) 6. Sizning qistovingiz bilan ko‘nishga ko‘ndim-u, lekin o‘sha kundan beri o‘zimga kelolmayman. (Erkin A’zam). 7. U bir narsa demoqchi bo‘lib geologlar tomonga o‘girildi. Lekin ular ancha olislab ketishgan edi. (O‘. Umarbekov) 8. Xolang savodsiz bir narsa, ammo yurt ko‘rgan xotin. (Said Ahmad) 9. Endi nima bo‘lib shundoq bo‘lganini aytib o‘tirishga fursatim yo‘q — idorada odamlar kutib o‘tiribdi. (Abdulla Qahhor) 10. To‘polonda oyog‘im lat yeganga o‘xshaydi, shuning uchun darrov chiqolmadim, aybsitmaysizlar. (Tohir Malik) 1. Nima uchun qo‘shma gaplar qismlarini bog‘lovchi vositalarda ma’nodoshlik va vazifadoshlik mavjud? 2. Qo‘shma gaplar qismlarini bog‘lovchi vositalar ma’nodoshligining lug‘aviy ma’nodoshlik (chiroyli // go‘zal), grammatik ma’nodoshlik (akamga oldim // akam uchun oldim) bilan qanday aloqasi bor? 3. Ohang, teng bog‘lovchi va bog‘lovchi-yuklamalar vazifadoshligiga misollar keltiring. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling