N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
191-mashq.
Matnni o‘qing. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni aniqlang va kerakli tinish belgilarini qo‘ying. Rustam orziqib kutgan kun keldi. O‘sha kuni Rustam maktabdan chiq- di-yu, to‘g‘ri gulzoriga o‘tdi. Maktab bog‘boni Rasul buvani izlab topdi-da, unga sekin pul uzatdi. —Buva, shunga gul bering, kerak bo‘lib qoldi. Bog‘bon ajablanib Rustamdan so‘radi: —Nega kerak bo‘lib qoldi? —Bugun oyimning tug‘ilgan kunlari, shunga... —Juda yaxshi o‘ylabsan, pulingni cho‘ntagingga solib qo‘y. Hozir senga ajoyib guldasta yasab beraman. Birozdan keyin Rustam chiroyli guldastani quchoqlab uyga chopdi. (N. Najmiddinov) 192-mashq. Ko‘chiring. Ko‘chirma gap va muallif gaplarini aniqlang va tinish belgilarning ishlatilishini izohlang. 1. «Husayin Voiz Koshifiy Sharqda ma’lum va mashhur shaxs,—deb yozadi Najmiddin Komilov «Òafakkur karvonlari» asarida. –U Navoiyga bag‘ishlab kitob yozgan, uning mehrini qozongan yaqin kishisi, muxlisi, do‘sti edi». 2. Òaniqli adabiyotshunos olim Shoislom Shomuhamedov Sa’diy Sheroziy haqida fikr yuritar ekan: «Uning ajoyib asarlari o‘zbeklar orasida ham keng tarqalgan. «Guliston» va «Bo‘ston» kabi axloqiy kitoblari eski o‘zbek maktablarida darslik sifatida o‘rganilgan»,— deb yozadi. 3. «So‘z san’atining qudrati shundaki, —deydi Asqad Muxtor,— u hayotda aynan bo‘lmagan narsalarga, hodisalarga jon kiritib yuboradi». 4. «Òilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz»,—deydi Alisher Navoiy. 1. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar qanday tinish belgilari bilan yoziladi? 2. Ko‘chirma gap muallif gapining turli o‘rinlarida kelgan gap qoli plarini chizing va ularga misollar keltiring. 80 193-mashq. Uyga vazifa. To‘rtta ko‘chirma gapli qo‘shma gap yozing. Ko‘chirma gap muallif gapining turli o‘rinlarida kelsin. Qanday tinish belgilari qo‘yganligingizni izohlang. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling