N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
211-mashq.
Matnni o‘qing, uning qaysi uslubda yozilganini aniqlang. Arabnavis olimlardan Istaxriy, Ibn Havqal, al-Muhaddasiy va boshqalar Shosh viloyati haqida yozganda uning markazi Binkat shahri deb ko‘rsatganlar. Binkat hozirgi Õadra, Eski Jo‘va va Chorsu oralig‘ida bo‘lgan. Binkat nomi forscha-tojikcha bin «ko‘rinish, ko‘zga tashlanish», kat so‘g‘dcha «shahar, qishloq, manzil» degan ma’nolarni bildirgan. Abu Rayhon Beruniyning «Qonuni Mas’udiy» asarida: «Binkat — bu Shoshning poytaxti, turkiy tilda Òoshkand, yunonchadan arabchaga tarjima qilsak, Burj al-hijora «tosh minora» bo‘ladi»,— deb yozilgan. Beruniyning so‘zlarini boshqa olimlar ham tasdiqlaydi. Masalan, buyuk tilshunos Mahmud Koshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘otit-turk» asarida: «Òashkan — Shoshning nomi, uning asli nomi Òoshkand bo‘lib, «toshdan qurilgan shahar demakdir»,— deb yozgan. Demak, poytaxtimiz nomining Òoshkent shakli ilk bor Beruniy asarlarida uchraydi. (S.Qorayev) 212-mashq. Ko‘chiring. Gaplarning qaysi uslubga mansubligini va uslubiy xoslangan so‘zlarni aniqlang. 1. Ko‘kdan quyosh mo‘ralab qaraydi. (Uyg‘un) 2. Kapalakday kelib, qoshingga qo‘nib, Ko‘zingga termulib umrim o‘tsaydi. (Muhammad Yusuf) 3. Bir narsani surishtirib, tagiga yetmoqchi bo‘lsak, aslidan kelamiz: asli nima edi? Asli qanday edi? va hokazo. (N. Komilov) 4. Fe’llar harakat ma’nosini bildiruvchi so‘zlardir. (A. Hojiyev) 5. Ertaga soat 15.00 da maktab jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘ladi. 213-mashq. Ko‘chiring. Matnning qaysi uslubga xosligini ayting va uslubiy xoslangan so‘zlarni aniqlang. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar ikki xil aloqaga kirishishi mumkin: 1) teng aloqa; 2) tobe aloqa. 90 58-dars Grammatik jihatdan teng aloqaga kiruvchi gaplar bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etadi. Biri ikkinchisiga tobe bo‘lgan gaplar esa ergashgan qo‘shma gapni hosil qiladi. (G‘. Abdurahmonov) 1. Nutq uslublari deb nimaga aytiladi? 2. Nutq vaziyati deganda nimani tushunasiz? 3. Qanday nutq uslublari mavjud? 4. Qaysi nutq uslubi og‘zaki, qaysilari yozma nutqqa xos? 5. Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlar deganda nimani tushunasiz? Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling