N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

240-mashq. 
Uyga vazifa. Òarjimayi holingizni yozing. O‘ziga xos uslubiy vositalarni
aniqlang.
MUSÒAHKAMLASH
1-topshiriq.
O‘qing. Berilgan matnning qaysi uslubga mansubligini aniqlang.
Uslub nutq vaziyatiga muvofiq tanlangan-tanlanmaganligi haqida so‘zlang.
— O‘rtoq rafiqam! Ijozat berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan
davom ettirib, oilaviy burchimizni namunali bajarib kelayotganimizga bir yil
to‘lgan kunda sizni bevosita tabrik qilishga!
Õotin bu muqaddimani hazil gumon qilganligi uchun qiyqirib chapak
chaldi. Notiq yana ham jiddiyroq qiyofada davom etdi:
— Bundan 365 kun muqaddam siz bilan o‘z hayotimizda qat’iy burilish
yasab, zo‘r sinovlar sharoitiga bevosita qadam qo‘ydik. Ilgarigi vaqtda faqat
erkak, endilikda esa ham erkak, ham xotin boshchilik qiladigan oila masalasi
o‘zingizga ma’lum bo‘lganligi uchun bunga keng ravishda to‘xtab o‘tirishni
lozim ko‘rmayman.
Siz bilan biz bir yillik oilaviy faoliyatimiz natijasida qanday yutuqlarga
erishdik? Avvalo, shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, biz u yoki bu masalada yuz
beradigan prinsipial kelishmovchiliklarni chetdan kuch jalb qilmasdan o‘z
kuchimiz bilan, o‘zaro keng muhokama qilish yo‘li bilan bartaraf qiladigan
bo‘lib qoldik. Ikkinchidan, o‘rtoq rafiqam, oilamizni tashkiliy xo‘jalik jihatidan
misli ko‘rilmagan darajada mustahkamladik.
(Abdulla Qahhor)
2-topshiriq.
Nutq uslubini nutq vaziyatiga muvofiq tanlash qanchalik
katta ahamiyatga egaligi haqida bahs yuriting.
3-topshiriq. 
Ko‘chiring. Matnning qaysi nutq uslubiga mansubligini va
uslubiy xususiyatlarini ayting.


102
ÒILXAT
Men, Paxtakor tumanidagi 5-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Ahmadjon
Mamajonov, «Gulzor» mahallasida yashovchi Bahrom Safarovning shaxsiy
kutubxonasidan o‘n kun ichida qaytarish sharti bilan «O‘tkan kunlar» romanini
oldim.
(Sana)
(imzo)
A. Mamajonov

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling