N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


-dars 1. Qanday uslubga ilmiy uslub deyiladi? 2. Ilmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 234-mashq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

62-dars
1. Qanday uslubga ilmiy uslub deyiladi?
2. Ilmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
234-mashq. 
Uyga vazifa. Adabiyot darsligidan adabiyot nazariyasiga oid matnni
toping. Undagi ilmiy uslubga xos vositalarni aniqlang va daftaringizga ko‘chiring.
RASMIY USLUB
1-topshiriq.
Matnni o‘qib, qanday nutq uslubiga mansubligini ayting.
Buxoro shahar 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori
N. Jalolovga 9-sinf o‘quvchisi Karim Salimovdan
TUSHUNTIRISH XATI
Men onamning qattiq betobligi tufayli o‘n kun davomida darslarga kela
olmadim. Qoldirgan darslarimni o‘zlashtirib olishga va’da beraman.
Ilova: Onamning kasalligi haqidagi ma’lumotnoma.
(imzo)
(K. Salimov)
(Òushuntirish xati yozilgan sana)
2-topshiriq.
Matnning uslubiy belgilari haqida fikr yuriting.
Bilib oling. Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan
nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga
ega bo‘lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi.
Bu uslub davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora,
korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning
ariza, tilxat, ishonch qog‘ozi singari ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llaniladi.
235-mashq.
Matnni o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering.
Ish yuritish hujjatlari qo‘llanish doirasi, maqsad va vazifalariga ko‘ra
to‘rt guruhga bo‘linadi: 1.Òashkiliy hujjatlar (guvohnoma, yo‘riqnoma,
nizom, shartnoma va boshqalar). 2. Farmoyish hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma,


99
farmoyish). 3. Ma’lumot-axborot hujjatlari (ariza, bayonnoma, dalolatnoma,
ishonchnoma, tavsifnoma, tarjimayi hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon va
boshqalar). 4. Õizmat yozishmalari (taklifnoma, telegramma, xatlar).
Ish yuritish hujjatlarining har bir turi o‘ziga xos nutqiy qoliplarga
ega. Masalan, xizmat yozishmalarida quyidagi qoliplar ko‘proq uchraydi:
1) «Sizga ...ni ma’lum qilaman(miz)//
bildiraman(miz)//
eslataman(miz)»;
2) «...ga rozilik bildiradi//
kafolat beradi//
qarshi emas»
yoki farmoyish hujjatlarda gap kesimlari «tayinlansin», «topshirilsin» kabi
majhul nisbat, III shaxs, buyruq maylidagi fe’llar orqali ifodalanadi.
236-mashq.
Ko‘chiring. O‘ziga xos uslubiy belgilarning ostiga chizing.
Samarqand shahar 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
direktori K. Komilovga
9-sinf o‘quvchisi H. Akbarovdan
ARIZA
Meni ingliz tili chuqurlashtirilib o‘qitiladigan 9-«a» sinfiga o‘tkazishingizni
so‘rayman.
(Sana)
(imzo)
H. Akbarov
237-mashq.
Ko‘chiring. Matnning o‘ziga xos uslubiy belgilarini aniqlang.
¹100
201__-yil 30-aprel
MA’LUMOTNOMA
Hakim Salimovich Olimov haqiqatan ham Xiva tumanidagi 10-umumiy
o‘rta ta’lim maktabining 9-sinfida o‘qiydi.
Ma’lumotnoma so‘ralgan joyga ko‘rsatish uchun berildi.
Maktab direktori: (imzo)
S. Hoshimov


100

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling