97
2-topshiriq.
Matnning o‘ziga xos qanday belgilarga ega ekanligini ayting.
Bilib oling. Daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan
ilmiy xulosalarga
asoslanuvchi, har bir fan sohasining o‘ziga xos ata-
malariga
tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi
uslub
ilmiy uslub sanaladi.
231-mashq.
Matnni ko‘chiring. Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligini va o‘ziga xos
uslubiy vositalarini aniqlang.
Atomlar kimyoviy bo‘linmaydigan zarralardir.
Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan
moddalar oddiy moddalar
deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari grafit,
oltingugurt; barcha
turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar kiradi.
Har xil turdagi atomlardan tashkil topgan
moddalar murakkab moddalar
deyiladi. Suv, karbonat angidrid, mis oksidi shular jumlasidandir.
(
«Kimyo» darsligidan.)
232-mashq.
Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering.
Uning qaysi nutq uslubiga
mansubligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.
Ultratovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish
vositasi insonning eshitish a’zosi bo‘lgan quloq deb hisoblangan.
Òovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq
hodisalar
akustik hodisalar deb yuritiladi.
Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 33 m/
sekundga teng bo‘lsa, suvdagi tezligi 1500 m/sekund, po‘latda esa 6000
m/sekund ekanligi o‘lchov asboblari yordamida isbotlangan.
(«
Òilshunoslik va tabiiy fanlar»)
233-mashq.
Matnni ko‘chiring, qaysi uslubga mansubligini aniqlang.
Odamzot organik olamning tarkibiy qismi va uzoq davom etgan evolutsiya
jarayonining mahsuli sanaladi. Odamda oliy asab sistemasi bilan bog‘liq bo‘lgan:
1) aql; 2) idrok; 3)
qobiliyat; 4) nutq; 5) mehnat qilish kabi xususiyatlar
shakllanadi. Bu xususiyatlarning irsiylanishi juda murakkab bo‘lib,
u genetik
va ijtimoiy omillar ta’sirida amalga oshadi.
7— Ona tili, 9-sinf