N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq. Matnning qanday o‘ziga xos uslubiy belgilarga ega ekanligini ayting. Bilib oling.
60-dars
BADIIY USLUB 1-topshiriq. Matnni o‘qing. Qanday nutq uslubiga xosligini aniqlang. Òollarning ko‘m-ko‘k sochpopuklari qizlarning mayda o‘rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning namli yuzlari kuldi. (Cho‘lpon) 2-topshiriq. Matnning qanday o‘ziga xos uslubiy belgilarga ega ekanligini ayting. Bilib oling. Ma’lum bir voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali obrazli ifodalovchi va shu yo‘l bilan tinglovchiga estetik ta’sir etuvchi nutq uslubi badiiy uslub sanaladi. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir. 226-mashq. O‘qing, matnda qanday badiiy tasvir vositalaridan foydalanilganini aniqlab, ularni ko‘chiring. Martning oxirgi kunlari. Ko‘k yuzida suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko‘yga solyapti. Oftob har safar bulut ostiga kirib chiqqanda, bahor kelganidan bexabar, hanuz g‘aflatda yotgan o‘t-o‘lanni, qurt- qumursqani uyg‘otgan, avvalgidan ham yorug‘roq, avvalgidan ham issiqroq shu’la sochayotganday tuyuladi. Kasalxonaga yaqinda tushgan Madrahimov, jikkakkina kishi, o‘ziga juda ham katta ko‘k xalatga burkanib, yengchadan boshini chiqarib turgan sichqondek derazadan ko‘chaga qarab o‘tirgan edi. (Abdulla Qahhor) 227-mashq. She’rni o‘qing, badiiy uslubga xos bo‘lgan so‘zlarni topib, ularni izohlang. Muruvvat-u ma’rifatdir buyuklikning nishonasi, Qadam qo‘ying, mana sizga asl yo‘lning ostonasi. Jahon ichra buyuk yurtni ulug‘ doston etaylik biz, Zamon keldi Vatan bag‘rin go‘zal bo‘ston etaylik biz. Ming-ming shukr, kelib davron istiqlolga erishdik biz, Õarob bo‘lgan xonadonni butlamoqqa kirishdik biz. 96 61-dars Iymon nuri oqib turar bir gavhar bor qonimizda, Ne-ne buyuk bobolarning bardoshi bor jonimizda. Oldindadir hali hikmat, oldindadir imkonimiz, Yetishgaymiz kelajakka, pokizadir vijdonimiz. Jahon ichra buyuk yurtni ulug‘ doston etaylik biz, Zamon keldi Vatan bag‘rin go‘zal bo‘ston etaylik biz. (A.Oripov) 228-mashq. Ko‘chiring. Badiiy tasvir vositalarini izohlang. Endi Zebi «Yor-yor»ni yolg‘iz o‘zi aytardi. Aravakash bilan birga, qolgan qizlar – hammasi bir quloqqa aylangan edilar. Ot bu go‘zal ovozning shirin kuylari ostida boshini quyi solib, bo‘ynini asta-asta likillatib, bitta-bitta qadam bosardi... «Yor-yor»lar bitib, boshqa har xil kuylarga o‘tildi. Endi Zebini to‘xtatmoq mumkin emasdi. Dalalarning keng quchoqlaridan uchishib kelgan mayin shabadalar qiz og‘zidan chiqqan unlarni o‘z qanotlariga mindirib, allaqayerlarga, olislarga olib ketardilar. Hov yiroqlarda li pillab ko‘ringan qishloq chiroqlari ham, tepadagi yulduzlar singari, shabada qanotlari bilan kelgan chiroyli unlarning zavqi bilan mast bo‘lib yonardilar. (Cho‘lpon) 229-mashq. O‘zingiz sevib o‘qiyotgan badiiy asarning bir sahifasidan badiiy tasvir vositalarini aniqlang. Matnning boshqa nutq uslublaridan farqlab turgan belgilarini ayting. 1. Qanday uslubga badiiy uslub deyiladi? 2. Badiiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling