N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

257-mashq.
Berilgan ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni o‘zlashtirma gapga aylantirib,
yozing. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap shaklida qanday o‘zgarishlar qilganingizni ayting.
1. «Dunyodagi eng ulug‘ martaba, eng ulug‘ sharaf Vatan ozodligi
uchun xizmat qilish»,— deydi A. Ori pov.
2. «Har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati, — deb
yozadi Abdulla Avloniy, — yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdir».
3. Oybek shunday deydi: «Xalqning chin o‘g‘illari uchun xalqqa samimiy
xizmatdan ko‘ra yuksakroq, muqaddasroq narsa yo‘q».
4. «Boshimizni bilim kuchi uyg‘otsa, bo‘lg‘usidir bizning uchun chin
bayram», — deb yozadi shoir Bobur.
258-mashq.
Ko‘chirma gaplarni toping, ularni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring va
ular o‘rtasidagi farqlarni tushuntiring.
1. «Esli odam so‘z boshlamas «men» bilan...», — degan edi turkman
shoiri Maxtumquli. 2. Kamoliddin Binoiy shunday demish: «Kishi yaxshiligi
ishidan ma’lum, yaxshi yil bahor-u qishidan ma’lum». 3. O‘zbek xalq
maqollaridan birida: «Odam qo‘li — gul, cho‘lni bo‘ston qiladi»,— deyilgan.
4. «Òandan ham aql ortiq, biz ana shu aqlga tanni bo‘ysundirishimiz
kerak»,— deb yozgan edi qozoq shoiri Abay. 5. «Aql,— deb yozadi Jaloliddin
Rumiy,— aqldan quvvat oladi».
259-mashq.
Matnni ko‘chiring, uning qaysi uslubda ekanligini toping.
To‘raqul birinchi marta toqqa chiqayotgani yo‘q... Hozir qishloqda yoz,
bu yerga esa bahor endigina qadam qo‘ygandek edi: qiyaliklarni qoplagan
qoqigullar yulduz parchalariday yaltiraydi, qorli cho‘qqilar orasidan yugurib
pastga tushib kelayotgan jilg‘alarning bo‘yida chuchmomalar yaproq yozmoqda.
Quyoshning oltinrang titroq nurlari ko‘zni qamashtirgudek yarqiraydi.
Archazorlardan qushlarning sayroqi ovozi eshitiladi, atrof-tevarakda esa goh
quyosh nurida tovlanib, goh soya-salqinda ko‘zdan g‘oyib bo‘lib, katta-katta
qanotlari sariq kapalaklar uchib yuribdi.
— Chiroyli-ya?! — dedi To‘raqul.
(A. Ko‘chimov)


112
260-mashq.
Matnni o‘qing va uning qaysi uslubga xosligini aniqlang.
Aravakash uning so‘zini ilib oldi:
— Shirin-shirin gap o‘rniga shirin-shirin ashuladan bo‘lsin, opa.
Òa’rifingizni eshitib, jigarlarimiz laxta-laxta qon bo‘lib ketgan.
Salti tegishdi:
— Voy, tovba-yey! Laxta-laxta qon bo‘lganmi? Jabr bo‘lgan ekan...
Aravakash ham bo‘sh kelmadi:
— Qon bo‘lgan yuraklarni bir nafasda yozish sizlarning qo‘lingizda,
opalar! Biz ham dunyoga kelib bir yayraylik-da!
Yana indamasdan o‘tirgan Zebiga endi bu safar Salti yalindi:
— O‘rtoqjon, bir narsa desangiz-chi. Hamma baravar tashna ekan...
Zebi o‘rtog‘ini astoydil koyib berdi:
— Sizdan kelgan gap shumi, hali? Otamning aytganlarini o‘z
qulog‘ingiz bilan eshitdingiz-ku! Eshitib-netib qolsa, nima bo‘ladi?
(Cho‘lpon)

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling