N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

261-mashq.
 Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni aniqlang, ularni o‘zlashtirma gapga
aylantiring. Ko‘chirma gapli qo‘shma gapni qanday qilib o‘zlashtirma gapga
aylantirganingizni izohlang.
Rivoyat qilishlaricha, qadim zamonda bir zargar bo‘lgan ekan. Kunlardan
bir kuni shoh uni saroyga chaqirib, oltindan taxt yasab berishni topshiribdi.
— Ishni qirq kunda bitirasan. Shartim shuki, saroydan bir qadam ham
jilmaysan, senga hamma narsani muhayyo qilishadi, — debdi shoh.
Zargar ishga kirishibdi: belgilangan muddatga uch kun vaqt qolibdiki,
ishning natijasi hech ko‘rinmasmish. Podshoh darg‘azab bo‘libdi.
— Men taxtni uch kunda bitirib beraman, lekin bitta talabim bor. Ishni
uyimga olib borib qilaman. Agar oltinni o‘g‘irlaydi deb qo‘rqsang, ayt,
kuzatib turishsin, — debdi zargar.
Zargarning talabini qondirishibdi. U uch kun ichida, chindan ham,
taxtni bitiribdi. Podshoh hayron qolibdi.
— Shuncha muddatda qilolmagan ishingni qandoq qilib uch kunda
bitirding? — deb so‘rabdi.
— Saroyda men uchun hamma narsa yetarli edi-yu, lekin ilhom manbayi
bo‘lgan o‘z muhitim yetmay turgan edi, shuning uchun ham ishni bitira
olmayotgandim, — deb javob beribdi zargar.
(O‘. Hoshimov)


113
262-mashq.
 Uyga vazifa. Rasm asosida «Xayr, maktabim!» mavzusida matn tuzing.
8— Ona tili, 9-sinf


114
O‘TILGANLAR BO‘YICHA
TEST SAVOLLARI
1. Qongiroq chalindi va dars boshlandi gapi qo‘shma gaplarning qaysi turiga kiradi?
A. Ergashgan qo‘shma gap
B. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap
D. Bog‘langan qo‘shma gap
E. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap
2. Dalalardan qoy-qozilarning ma’rashlari eshitilardi (S. Anorboyev) gapi tuzilishiga

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling