N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/98
Sana25.07.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1662309
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   98
Bog'liq
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)

68-dars
255-mashq.
Uyga vazifa. Matnni o‘qing, unda nechta gap borligini va ulardan
nechtasi qo‘shma gap ekanligini aniqlang. Qo‘shma gaplarni turlarga ajrating.
Vatan... Bu qanday sehrli so‘zki, uni deb xalqlar qo‘liga qurol oladi?
Uning qanday jozibasi borki, egalari begonalarga bergisi kelmaydi? Uning
qanaqa quvvati borki, himoyasiga xalqlar jonlarini tikadilar, uning ozodligi
yo‘lida hayotlarini qurbon qiladilar?
Aslida, Vatan — eng oliy tushuncha, xalqlarning tayanchi, o‘tmishi,
buguni va ertasidir. Shuni aslo unutmaslik kerakki, Vatanga bo‘lgan muhabbat
samimiy, dildan bo‘lmog‘i lozim. O‘z Vatanini sevmoqlik har bir shaxsning
muqaddas burchidir, ammo haqiqiy vatanparvar uni sevish bilan kifoyalanib
qolmaydi, balki Vatan ravnaqi, obodligi va obro‘yi uchun tinmay kurashadi.
Zero, hadisi sharifda aytilmishki: «Vatanni sevmoq — iymondandir».
KO‘CHIRMA VA O‘ZLASHÒIRMA GAPLAR, NUTQ
USLUBLARI BO‘YICHA O‘ÒILGANLARNI
ÒAKRORLASH
1. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap deb qanday gapga aytiladi?
2. Ko‘chirma gapli qo‘shma gap qanday qismlardan tashkil topadi?
3. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar qanday tinish belgilari bilan yoziladi?
4. O‘zlashtirma gap deb qanday gaplarga aytiladi?
5. Ko‘chirma gaplar qanday qilib o‘zlashtirma gapga aylantiriladi?
6. Qanday nutq uslublarini bilasiz?
256-mashq.
O‘qing. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni topib ko‘chiring. Muallif
gapi va ko‘chirma gapni aniqlang. Ko‘chirma gap qanday tinish belgisi bilan yozilganini
ayting.
«Navbatdagi safarga hozirlik ko‘ryapmiz, — dedi Zokirjon aka. –Bu galgi
yo‘nalishimiz Hindiston. Sizning taklifingizni bilmoqchiman».
«Juda yaxshi, qalbi va ijodi Bobur ruhiga yaqin ijodkorlar ko‘p», —
dedim men. Zokirjon aka gapimni bo‘ldi. «Òo‘xtang endi, — dedi u. — Siz
mendan ham fidoyi chiqib qoldingiz. Birinchi safarimizda bir-ikki gaplashdig-
u, lekin, mening nazarimda, o‘zingiz uncha qiziqmadingiz. Ikkinchidan,
bizda ham tajriba yo‘q, kimni olib, kimni qo‘yishni bilmay, rosa
qiynalganman, shuning uchun bu gal o‘zingiz birga bo‘lsangiz. Boshqa
o‘rtoqlar ham sizni tavsiya qilishyapti».


111
Ekspeditsiya rahbari Zokirjon Mashrabov uchinchi safarga uzoq, puxta
hozirlik ko‘rdi.
(Qamchibek Kenja)

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling