N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
244-mashq.
Matnni o‘qing. Siz ham «Mening Vatanim» mavzusida insho yozish haqida o‘ylab ko‘ring. Adabiyot o‘qituvchimiz Mahmud Ilhomov doskaga bir necha mavzuni yozib qo‘ydilar. Oxirgisi erkin mavzudagi insho ekan: «Mening Vatanim». Menga shu mavzu yoqdi. «Mening Vatanim» deb sarlavha qo‘ydim. Ancha vaqtgacha inshoni nimadan boshlash kerakligini bilmay o‘tirdim. Mahmud Ilhomovich qiynalib o‘tirganimni sezdi, shekilli, partalar orasidan asta-asta yurib, mening yonimga kelib to‘xtadilar. Daftarimga qaradilar. Hech narsa yozilmagan. 106 — Boshlab olish shunaqa qiyin bo‘ladi, — dedilar o‘qituvchimiz.— Vatan haqida o‘qiganlaringni bir eslab ko‘rgin. Kecha yod aytib bergan she’ringdan boshlasang ham bo‘ladi. E. Vohidovning «O‘zbegim» she’rini yod aytib bergan edim. She’rning birinchi satrini sarlavhadan keyin epigraf qilib yozdim. Shundan keyin fikr quyilib kelaverdi... (N.Umarov) 245-mashq. Uch guruhga bo‘lining. Quyidagi mavzular bo‘yicha reja tuzing va insho yozishga tayyorlaning. 1. Hunar — zar, hunardan rizqing unar. 2. Ilm baxt keltiradi. 3. O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat. 246-mashq. Quyidagi qolip asosida «Men nechun sevaman O‘zbekistonni?», «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» mavzulari bo‘yicha murakkab reja tuzing. R e j a : Kirish._______________________________________________________ Asosiy qism: 1. ______________________________________________________ 2._________________________________________________________ 3._________________________________________________________ Õulosa. 247-mashq. Matnni o‘qing. «Ilm – insoniyat qudrati» mavzusi uchun epigraf tanlang. Epigraf tanlangan mavzuga qarab har tomonlama mos keluvchi, unga ohangdosh tarzda jaranglovchi hikmatli so‘z, taniqli shaxslarning so‘zlari, maqol yoki matallardan iborat muqaddima so‘z sanaladi. Epigraf ixtiyoriy bo‘lib, mavzuga g‘oyaviy jihatdan to‘la-to‘kis mos kelishi lozim. Unda aniqlik va qisqalik, lo‘ndalik bo‘ladi. Epigraf rejadan so‘ng asosiy matn tepasiga, o‘ng tarafga qo‘yiladi. 1. Insho deb nimaga aytiladi? 2. Insho turlari haqida so‘zlang. 3. Inshoga qanday reja tuziladi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling