N. M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sh. Sobirov
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili. 9-sinf (2014, N.Mahmudov, A.Nurmonov)
241-mashq.
Quyidagilarni ko‘chiring, insho yozayotganingizda ularga e’tibor bering. 1. Insho mavzusini aniqlash. Nima haqida yozish lozimligini puxta o‘ylab olish. 2. Insho mavzusi bo‘yicha materiallar to‘plash. Masalan, yozuvchi, uning hayoti va ijodi, siz insho yozmoqchi bo‘lgan asar, uning yozuvchi ijodida tutgan o‘rni, asar mavzusi, g‘oyaviy yo‘nalishlari, asar qahramonlari, ularning xarakteri ustida bosh qotirish. 3. Inshoga reja tuzib olish. 4. Reja asosida insho yozishga kirishish, fikrlarning aniq va lo‘nda shaklda berilishiga e’tibor berish. 5. Fikrlarning izchilligini saqlash. 6. Inshoning qoralama nusxasi tayyor bo‘lgach, uni qayta o‘qib chiqish. 7. Inshoning tiliga, imlosiga alohida diqqat qilish. 8. Mavzu yetarlicha yoritilganmi? Inshoning mazmuni talabga javob beradimi? Unda ortiqcha so‘z va iboralar yo‘qmi? Shularga alohida diqqat qilish. 9. Yozilganlarni oqqa ko‘chirish. 242-mashq. Quyidagi sodda reja asosida insho yozishga hozirlaning. Mavzu: «MUSTAQILLIK – ENG ULUG‘ NE’MAT» R e j a : 1. Ota-bobolarimizning asriy orzulari ro‘yobga chiqdi. 2. Istiqlol bergan baxt. 3. Kelajak — yoshlarniki. 243-mashq. Quyida berilgan insho turlari haqida fikrlashing va ulardan keyingi darsda berilgan topshiriqni bajarishda ijodiy foydalaning. 105 RIVOYA-INSHO Biror voqeani izchil tasvir etishda rivoya elementi qo‘llaniladi. Hayotdagi ayrim voqealar, hodisalar, masalan, bayramlar, turli xil marosimlar, sayohatlar, safar taassurotlari bunday ko‘rinishdagi insholar uchun material bo‘lib xizmat qila oladi. Rivoya-insho yozish uchun insho yozayotgan shaxs voqealarni shaxsan boshidan kechirgan yoki eshitgan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, o‘quvchi voqealarni eslashi, rasmlardan foydalanishi ham mumkin. MUHOKAMA-INSHO Bunday turdagi insholar uchun sinfda o‘tkazilgan bahs, munozara material vazifasini o‘taydi. Muhokama-inshoda o‘quvchidan o‘z fikrini asoslash va dalillash maqsadida mantiqqa jiddiy e’tibor berishi, mustaqil fikrlashi va muhokamada faol ishtirok etishi talab qilinadi. Masalan, «Vatanni asrab- avaylash deganda nimani tushunaman?», «Baxt nima?», «ÕÕI asr insoniyatga nimalar olib keldi?» kabi mavzularda bahs uyushtirish mumkin. ÒASVIRIY INSHO Bunday insholarda narsa va hodisalar, shaxslarga xos belgilar, ularning boshqalardan farqlari ko‘rsatiladi, taqqoslanadi. Ta’sirchanlikni hosil qilish uchun kishilar portreti va manzaralar tasviri badiiy ifodalanadi, o‘xshatishlar, sifatlashlar ishlatiladi. Shuningdek, unda oddiy tasvir elementlaridan ham unumli foydalaniladi. Shaxslar va manzaralar ko‘z oldiga keltirilib, ularning timsollari gav- dalantiriladi. Òasviriy–insholar o‘quvchilarning fikrini o‘stiradi, ulardagi kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantiradi va yozma nutqini kengaytiradi. (B. Òurdiyev) Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling