N muradullaev, Q. R. Rahmonov, T. S. Burxonov, N. Sh. Umarov yer monitoringi
Yer monitoringini yuritish prinsiplari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
N muradullaev, Q. R. Rahmonov, T. S. Burxonov, N. Sh. Umarov yer
Yer monitoringini yuritish prinsiplari.
Yer monitoringining maqsadi va vazifasi uni yuritishning quyidagi prinsiplariga amal qiladi: 1. Har xil ma‟lumotlarni taqqoslash va o‟zaro birikishlik prinsipi. U yagona klassifikatorlar, formatlar, normativli-texnikaviy bazaning ma‟lumotlari, koordinat va balandlikning yagona davlat tizimi qo‟llanishiga asoslanadi; 2. Monitoring yuritishning uyg‟unligini, texnologiyalar va uslublar birligini nazarda tutadigan birlik prinsipi; 3. Yer fondidan foydalanishi va holati yer monitoringining ma‟lumotlariga haqiqatga muvofiq kelishi darajasini tavsiflaydigan aniqliq va ishonchlilik prinsipi; 4. Ma‟lumotlarning to‟laligi prinsipi - aniq vazifalarni yechish uchun axborotlar to‟la va yetarlicha bo‟lishi zarur; 5. Yer monitoringini yuritishning uzluksiz prinsipi. Yer munosabatlarini qayta tuzish jarayonida, mamlakat yer fondining miqdor va sifat tavsifining o‟zgarishida uning ayrim toifalari o‟zgarishi yer resurslariga antropogenli nagruzkaning ko‟chayishi yer fondini taqsimlash va tarkibida turli xil o‟zgarishlar ro‟y beradi. Shuning uchun axborotlarni vaqti-vaqti bilan yoki muntazam yangilab turish yo‟li bilan yer monitoringini yuritishning uzluksizligini ta‟minlash zarur. Qolgan prinsiplardan yana quyidagilarni ta‟kidlash kerakki, ko‟rgazmali prinsipi (harita, atlaslar, sxemalardan foydalanish); foydalanish huquqi prinsipi (davlat yoki tijorat sirini tashkil etadigan ma‟lumotlardan tashqari); tejamkorlik va samaradorlik prinsipi (yer monitoringi ma‟lumotlarini saqlash va tizimlashtirishni olishni ta‟minlaydigan usullar, texnologiyalar, uslublarni qo‟llash); markazlashtirilgan rahbarlik prinsipi (O‟zbekiston Respublikasi miqyosida yagona uslub bo‟yicha yagona markazlashgan monitoringini o‟tkazish). Yer monitoringini yuritish uchun turli xil tasvirlar, qidirishlar, taftish qilish (topografo-geodezik, tuproqning, geobotanikli, agrokimyoviy, meliorativli, shahar qurilishi va boshqalar); maxsus kuzatishlar (tog‟lardan ko‟chib yig‟ilgan qor uyumi, sel toshqini va boshqalar); kosmik tasvir va kuzatish, balandda uchadigan samalyotlar bilan tasvirga tushirish, kuzatish va kichik aviatsiya vositasi yordami 15 bilan yer ustidan tasvirga olish va kuzatish; shuningdek fondli ma‟lumotlardan foydalanish. Balandda uchadigan samalyotlar bilan kosmik tasvirga tushirish va kuzatishlarning asosiy vazifasi - global va mintaqa darajasida yer holatini bilib olishdir. Kichik aviatsiya yordami bilan mahalliy yer monitoringi va aerokosmikli axborotni aniqlash uchun olib boriladi. Yer fondini masofali zond bilan tekshirish 2 ta asosiy asbob-uskunalar guruhlaridan foydalanish bilan amalga oshiriladi: Video va rasm axborot (aerofotoapparatura, ko‟p zonali skaner uskunalari, radiolakatorlar, televideniye kanallar va boshqalar); Trassali guruxlar asboblari (spektrometr, SVCh va IK -radiometlar va boshqalar). Yer ustida kuzatish poligonlarda, etalonli uchastkalarda, agrokosmik axborotlarni ishlab tayyorlash uchun tayanch axborotlarni to‟plashning avtomatlashtirilgan statsionar punktlarida kutaziladi va bu ma‟lumotlarni zond bilan masofali tekshirish uslubi bilan olish mumkin bo‟lmaganda yer fondining holati to‟g‟risida ma‟lumotlarni olish. Yer ustida kuzatishlarni ta‟minlaydigan texnika vositalari majmuasiga quyidagilarni kiritish mumkin: - yer ustida harakatlanuvchi stansiyalar; - avtomobillar shosseda yuqori darajada o‟tishi mumkin bo‟lgan va tuproq namligini o‟zgarishini kimyoviy taxlili uchun jihozlangan priborlar, shuningdek EHM va telemetriyani uzatish; - qabul qilish moslamasini ta‟minlovchi texnikaviy vositalar majmuasi. Arxivlarda (fondlarda) yer monitoringining materiallari to‟planishi va AIS bazalarida taqsimlanishi quyidagi sxema bo‟yicha amalga oshiriladi. Ma‟muriy tumanlar, shaharlarda yer - suv mulkining tashqi ko‟rinishi uchastkalar, ayrim dalalar, yerdan foydalanish va yerga egalik qilish, barcha yer fondining holatini tavsiflaydigan mahalliy monitoringining dastlabki ma‟lumotlari to‟planadi. 16 O‟zbekiston Respublikasining tarkibidagi respublika va viloyatlarda, ularning tarkibiga kiradigan tumanlar, shaharlar shuningdek, ayrim ekologik mintaqaviy tavsifga ega bo‟lgan ob‟ektlar bo‟yicha hamma ma‟lumotlarni o‟z ichiga olgan ma‟lumotlar shakllanadi. O‟zbekiston Respublikasi darajasida, respublikaning tarkibidagi mintaqa, landshaft-ekologiya bo‟yicha hamma ma‟lumotlarni o‟z ichiga olgan ma‟lumotlar shakllanadi. Yer monitoringining shakllangan bazasi va banki foydalanishlari mumkin: - Davlat va maxalliy boshqarish organlari; - O‟zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‟mitasi va uning joylardagi bo‟limlari; - yerdan foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va boshqa muassasalar; - ayrim fukarolar; - yerdan va tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etish, atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi tashkilotlar va chet el hamda xalqaro tashkilotlar. Qoraqalpog‟iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat va mahalliy boshqaruv organlari zaruriyatga qarab tezlashtirilgan ma‟lumotlar, bashoratlar, mavzuli haritalar tuzib chiqadilar va taqdim etadilar hamda har yili 1 yanvargacha “Yergeodezkadastr” davlat qo‟mitasiga mintaqaning yer fondi holati tug‟risida yillik hisobot topshiradi. O‟z navbatida “Yergeodezkadastr” davlat qo‟mitasi yer monitoringi axborotlarii umumlashtirib, zaruriyatga qarab tezkor ma‟lumotlar, ilmiy bashoratlar mavzuli haritalar va atlaslar tuzib chiqadilar va manfaatdor vazirliklar hamda idoralarga taqdim etadi. O‟zbekiston Respublikasiga keyingi hisobot yili uchun har yili 1 apreldan kechiktirmasdan O‟zbekiston Respublikasining yer fondining holati tug‟risida hisobot yuboradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling