gul bo‘lishi mumkin.
Yuqorida kelrilgan usul - kombinatorika masalalarini yechishning saralash
usuli deb ataladi. Unga ko‘ra, bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat (vaziyat)larning
barchasi ko‘rib chiqiladi va mulohaza yuritish orqali saralanadi, ya’ni tanlanadi.
Saralash usuli bilan masalani yechayotganda, bo‘lishi mumkin bo‘lgan
barcha holatlarni ko‘rib chiqish, hisobga olish, birorta ham holatlarni ko‘zdan
qochirmaslik juda muhim hisoblanadi.
2-masala.
Beshta 6-sinfning har biridan ikki nafar navbatchini tanlashimiz
kerak, bunda har qanday juftlikda turli sinf oʻquvchilari boʻlishi kerak. Buni nechta
usulda amalga oshirsa boʻladi?
Yechish.
Sinflarni A, B, C, D, E harflari bilan belgilaymiz va variantlarni
bevosita alfavit tartibida yozib chiqamiz:
(A,B), (A,C), (A,D), (A,E), (B,C), (B,C), (B,E), (C,D), (C,E), (D,E).
Javob.
Jami 10 ta variant.
3-masala.
Madinada 4 ta fizikadan, 2 ta matematikadan va 5 ta kimyodan
kitobi bor. Onasi barcha kitoblarni katta qutiga soldi. Madina qutidan 1 ta
fizikadan, 1 ta matematikadan va 1 ta kimyodan kitoblarni necha xil usulda olishi
mumkin?
Yechish.
Kitoblarni quyidagicha tartibda belgilaymiz: kitob nomining
birinchi harfi va nechanchi kitobligini bildiruvchi tartib raqami. Masalan, F3 –
fizikadan 3-kitobni anglatadi. Shunday qilib, ixtiyorimizda quyidagi kitoblar bor:
F1, F2, F3, F4, M1, M2, K1, K2, K3, K4, K5.
Kitoblarni qutidan olish variantlarini qarab chiqamiz:
M1−F1−K1, M1−F1−K2, M1−F1−K3, M1−F1−K4,
M1−F1−K5,
M1−F2−K1, M1−F2−K2, M1−F2−K3, M1−F2−K4, M1−F2−K5,
M1−F3−K1, M1−F3−K2, M1−F3−K3, M1−F3−K4, M1−F3−K5,
M1−F4−K1, M1−F4−K2, M1−F4−K3, M1−F4−K4, M1−F4−K5,
M2−F1−K1, M2−F1−K2, M2−F1−K3, M2−F1−K4, M2−F1−K5,
M2−F2−K1, M2−F2−K2, M2−F2−K3, M2−F2−K4, M2−F2−K5,
M2−F3−K1, M2−F3−K2, M2−F3−K3, M2−F3−K4, M2−F3−K5,
M2−F4−K1, M2−F4−K2, M2−F4−K3, M2−F4−K4, M2−F4−K5
Do'stlaringiz bilan baham: |