N. N. Tashtemirova A. Avloniy ilmiy tadqiqot instituti


Download 117.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana20.10.2023
Hajmi117.96 Kb.
#1712074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
GEWlwikRWpojRlxukQ976deEE12GgmCmhG04LjPr

 






211 
212 
213 
214 
215 

221 
222 
223 
224 
225 

231 
232 
233 
234 
235 

241 
242 
243 
244 
245 

251 
252 
253 
254 
255 
Natijada, bunday sonlar 25 ta ekanligini aniqlaymiz. 
Javob
Jami 25 ta variant. 
KOMBINATORIKA MASALALARINI YECHISHNING 
“IMKONIYATLAR DARAXTI” USULI 
Ba’zida kombinatorika masalalarini yechishning saralash usuli o‘rniga, 
barcha bo‘lishi mumkin holatlarni qulay tarzda tasvirlaydigan va ko‘rinishi 
daraxtga o‘xshaydigan sxemadan foydalaniladi. Shu bois uni “imkoniyatlar 
daraxti” usuli deb ham atashadi.
Mazkur usul ham o‘zining soddaligi, qulayligi va ko‘rgazmaliligi bilan 
ajralib turadi. Uni quyidagi masalani yechishda namoyish qilamiz. 
1-masala. 
3, 4 va 7 raqamlardan foydalanib, nechta ikki xonali sonni 
yozish mumkin? Bu ikki xonali sonlar yozilishida berilgan raqamlar takrorlanishi 
mumkin. 
Yechish:
Masala shartidan kelib chiqib, quyidagi daraxt ko‘rinishdagi 
sxemani chizamiz. Biror boshlang‘ich nuqtani, ya’ni daraxtning ildizini tanlaymiz 
va uni uchburchak bilan o‘rab qo‘yamiz. Bu ildizdan uchta kesma ko‘rinishidagi 
shoxlarni chiqaramiz, chunki berilgan raqamlarimiz uchta. Yozmoqchi bo‘lgan 
ikki xonali sonlarimizning o‘nliklar xonasida bu raqamlarning ixtiyoriy bittasi 
turushi mumkin. Shu bois, bu shoxlarning uchiga 3, 4 va 7 sonlarni yozamiz va 


dumaloqqa olib qo‘yamiz. Shunday qilib, bu raqamlar tuzmoqchi bo‘lgan ikki 
xonali sonlarning o‘nliklar xonasidagi raqamlardan iborat bo‘ladi. Berilgan 
raqamlarning takrorlanishi mumkinligini hisobga olib, har bir shox uchidan yana 
uchtadan shoxcha chiqaramiz. Ularning ham uchiga 3, 4 va 7 sonlarni yozamiz va 
dumaloqqa olib qo‘yamiz. Bu raqamlar tuzmoqchi bo‘lgan sonlarning birliklar 
xonasidagi raqamlaridan iborat bo‘ladi. Shu tariqa daraxt ko‘rinishidagi sxema 
hosil bo‘ldi. Bu daraxtda masala shartiga ko‘ra bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha 
holatlar aks etgan bo‘ladi.
Bu daraxtning har bir shoxi bo‘ylab chiqib, turli xil ikki xonali sonlarni 
hosil qilamiz. Xususan,
chap tomondagi katta shoxdan chiqib, 33, 34 va 37 sonlarni, 
o‘rtadagi katta shoxdan chiqib, 43, 44 va 47 sonlarni,
o‘ng tomondagi katta shohdan chiqib, 73, 74 va 77 sonlarni hosil 
qilamiz.
Natijada, bu raqamlardan jami 9 ta ikki xonali son tuzish mumkinligini 
aniqlaymiz. 

Download 117.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling