N. N. Tashtemirova A. Avloniy ilmiy tadqiqot instituti
Javob: 0,512. 6-masala
Download 51.61 Kb. Pdf ko'rish
|
5M1Nq9uXH6V73yO7bFxcTRaEoEJ7GGq7E2mVw6EU (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javob.
Javob: 0,512.
6-masala. Mergan 5 marta nishonga o‘q otayapti. O‘qning nishonga tegish ehtimolligi 0,8 ga teng. Merganning dastlabki uchta otishda o‘q nishonga tegishi va keyingi ikki otishda esa nishonga tegmasligi ehtimolligini toping. Yechish: Bu masalani ham mulohaza yuritish usuli bilan yechamiz. Bu maslada A: Merganning dastlabki uchta otishda o‘q nishonga tegishi va keyingi ikki otishda esa nishonga tegmasligi hodisasi o‘rganiladi. Merganning har bir otishida ikkita natija bo‘ladi: o‘q tegdi va tegmadi. Tegish ehtimolligi 0,8 ga teng. Tegmaslik ehtimolligi esa 1- 0,8 = 0,2 ga teng bo‘ladi. Merganning o‘q otish jarayonini ham quyidagi “imkoniyatlar daraxti” sxemasi yordamida tasvirlaymiz (sxemaning bir qismi keltirilgan). Bizni qiziqtirayotgan hodisada merganning dastlabki uchta otishda o‘q nishonga tegadi va keyingi ikki otishda esa nishonga tegmaydi. Bu natija “imkoniyatlar daraxti” sxemasida “1-o‘q nishonga tegdi” → “2-o‘q nishonga tegdi” → “3-o‘q nishonga tegdi” → “4-o‘q nishonga tegmadi” → “5-o‘q nishonga tegmadi” hodisalar ketma-ketligiga to‘g‘ri keladi (bu ketma-ketlik sxemada qizg‘ish rangda ko‘rsatilgan). Bu hodisalar bog‘liqsiz bo‘lib, ularning birinchi uchtasi 0,8 ehtimollik bilan, keying ikkitasi esa 0,2 ehtimollik bilan ro‘y beradi. Unda, merganning dastlabki uchta otishda o‘q nishonga tegishi va keyingi ikki otishda esa nishonga tegmasligi hodisasining ehtimolligi yuqoridagi beshta bog‘liqsiz hodisalar ko‘paytmasining ehtimolligini topish formulasiga ko‘ra P(A) = 0,8· 0,8· 0,8· 0,2· 0,2 = 0,02048 ga teng bo‘ladi. Javob. 0,02048. 7-masala. Korxonaga favqulodda hodisa ro‘y berganda xabar beradigan, bir-biridan mustaqil ishlovchi 2 ta asbob o‘rnatilgan. Favqulodda hodisa ro‘y berganda birinchi asbobning ishlash ehtimoli 0,85 ga, ikkinchisi uchun bu ehtimollik 0,8 ga teng. Favqulodda hodisa ro‘y berganda faqat bitta asbobning ishlash ehtimolini toping. Yechish: A 1 - birinchi asbobning ishlash hodisasi, A 2 - ikkinchi asbobning ishlash hodisasi bo‘lsin. U holda P(A 1 ) = 0,85, P(A 2 ) = 0,8, , ga teng bo‘ladi. - hodisa faqat bitta asbobning ishlashini ifodalaydi. va lar birgalikda bo‘lmagan hodisalar bo‘lgani uchun tenglik o‘rinli bo‘ladi. Download 51.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling