N ordic international university
Download 97.54 Kb.
|
Cho’lpon hayoti va ijodi TEZIS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiy merosi
- Tarjimonlik sohasidagi faoliyati
- Tarjima asarlari
- Choʻlpon dastxati. Goʻzal sanʼatlar.
- Tarjima qilingan asarlari
- Nashr qilingan asarlari
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
VafotiJadidlarga qarshi boshlangan kampaniya Choʻlponni ham chetlab oʻtmaydi. Taʼqib va tazyiqlarga qaramay, u qizgʻin ijodiy faoliyat bilan shugʻullanadi. 30-yillarning boshida yana Moskvaga ketgan va SSSR Markaziy Ijroiya Komitetida tarjimon boʻlib ishlagan. Choʻlpon 1937-yil 14-iyulda qamoqqa olinadi va 1938-yil 4-oktabrda Toshkentda Boʻzsuv boʻyida qatl etiladi. Adabiy merosiChoʻlponning adabiy merosi sheʼriyat, nasr, dramaturgiya, publitsistik va adabiy tanqidiy maqolalar hamda tarjimadan iborat. Sheʼriy asarlariChoʻlponning sheʼriy asarlari „Oʻzbek yosh shoirlari“, „Uygʻonish“ (1922), „Buloqlar“ (1923), „Tong sirlari“ (1926) va „Soz“ (1935) toʻplamlarida, shuningdek, turli gazeta va jurnallarda eʼlon qilishgan. Ular gʻoyaviy-tematik yoʻnalishiga koʻra 2 guruhga ajraladi: sof lirika va ijtimoiy-siyosiy lirika. Ishqiy kechinma va tabiat manzaralari tasvirlangan sheʼrlarida Choʻlpon jahon lirik sheʼriyatining mumtoz vakillari darajasiga koʻtarilgan. Sheʼrlari lirik qahramonning boy va goʻzal ruhiy olamini, tabiat manzarasini, tabiatda kechayotgan jarayonlarni katta mahorat bilan aks ettirgan. „Goʻzal“, „Sezgi“, „Sirlardan“, „Men shoirmi?“ singari sheʼrlari bilan barmoq vazniga asoslangan yangi oʻzbek sheʼriyatini yuksak taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi. Barmoq vazni Choʻlpon va Fitratning ijodiy izlanishlari bilan 20-yillarning boshlaridayoq yangi oʻzbek sheʼriyatining asosiy vazniga aylandi. Tarixiy davr va tarixiy sharoit Choʻlpondan muhabbat va tabiat lirikasidan koʻra shu davrdagi oʻzbek xalqining ijtimoi-ysiyosiy, iqtisodiy va madaniy ahvolini yaxshilashga qaratilgan asarlar yozishni taqozo etdi. Vatan va millat manfaati bilan yashagan shoir davrning shu talabi bilan bolsheviklar olib borgan siyosatning mustamlakachilik mohiyatini fosh etishga, xalqni zulm va zoʻravonlikka qarshi hurriyat uchun kurashga daʼvat etishga qaratilgan sheʼrlar yozdi („Buzilgan oʻlkaga“, „Xalq“, „Vijdon erki“, „Kishan“ va boshqalar). Choʻlpon bu sheʼrlari bilan adabiyotning kurash quroliga aylanishi mumkinligini isbotlab berdi. Shoirning yurak qoni bilan yozilgan bu sheʼrlari vatandoshlarida oʻzbek diyoriga otashin muhabbat, mustamlakachilarga nafrat, erk va hurriyat gʻoyalariga sadoqat tuygʻularini tarbiyaladi. Agar Choʻlponning „koʻngil lirikasi“ anʼanalari keyinchalik Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir, Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi va boshqalar ijodida muvaffaqiyat bilan rivojlantirilgan boʻlsa, uning ijtimoiy mazmun bilan yoʻgʻrilgan sheʼriyati anʼanalari keyinchalik davom ettirilmay qoldi. HikoyalariChoʻlpon isteʼdodiga xos lirik nazokat va nafosat shoir nasriy asarlarining ham oʻziga xosligini belgilab keladi. Choʻlpon qaysi mavzuga murojaat etmasin, badiiy voqelikni poetik til va obrazlar orqali mujassamlantirishga erishdi. Shu maʼnoda uning 20-yillarda yozgan „Oydin kechalarda“, „Qor qoʻynida lola“, „Novvoy qiz“ singari hikoyalari oʻzbek adabiyotidagi lirik nasrning dastlabki mumtoz namunalaridir. Choʻlpon bu hikoyalarida oʻzbek xotinqizlarining ayanchli taqdirini turli badiiy rejada tadqiq etar ekan, har bir jamiyatning taraqqiyot darajasi shu jamiyatning xotin-qizlarga boʻlgan munosabati bilan belgilanadi, degan gʻoyani bu asarlar osha „qizil ip“ yangligʻ oʻtkazgan. Umuman, oʻzbek xotin-qizlarining mustamlakachilik sharoitidagi taqdiri tasviri Choʻlpon sheʼriy ijodining ham, kichik epik asarlarining ham, „Kecha va kunduz“ (1936) romanining ham asosiy gʻoyaviy yoʻnalishini belgilab bergan. Nasriy ijodiChoʻlpon nasriy ijodining muhim qismini publitsistika tashkil etadi. U „Yoʻl esdaligi“, „Vayronalar orasidan“ kabi qator ocherk va publitsistik maqolalarida 20-yillardagi mustamlaka oʻlka hayotining mudhish manzaralarini tasvirlagan. Choʻlpon bu asarlarida realistik tasvir sanʼatini mukammal egallagan yozuvchi sifatida gavdalanadi. Choʻlpon yozuvchilik mahoratining shunday qirralari „Kecha va kunduz“ romanida, ayniqsa, yorqinroq aks etgan. Choʻlpon Abdulla Qodiriy bilan birga oʻzbek adabiyotida realistik roman va hikoya janrlarining taraqqiyot tamoyillarini belgilab berdi. Sahna asarlariChoʻlponning dramaturgiya sohasidagi dastlabki izlanishlari 1919-yilga oid. U shu yili „Temirchi“, „Gunoh“, „Choʻrining isyoni“ singari kichik sahna asarlarini yozdi. 20-yillarning boshlarida esa Choʻlponning „Yorqinoy“, „Xalil farang“, Oʻldiruvchi (1921), „Sevgi va saltanat“, „Choʻpon sevgisi“ (1922) pyesalari maydonga keldi (bu asarlarning aksari bizgacha yetib kelmagan). Tarjimonlik sohasidagi faoliyatiChoʻlpon „Turon“ teatriga direktorlik qilgan yillarida sahna sanʼati va dramaturgiya sirlarini, shuningdek, rus tilini puxta egallagani tufayli 1924-yil Moskvada tashkil etilgan oʻzbek drama studiyasiga adabiy emakdosh etib yuborildi. U hali rus tilini bilmagan vatandoshlariga moskvalik mashhur artist va rejissorlarning maʼruzalarini tarjima qilib berishdan tashqari, oʻzi ham studiyachilar uchun sahna asarlari („Yorqinoy“, „Yana uylanaman“, „Qorovul uyqusi“, Lev Sverdlin bilan hamkorlikda), „Uzun quloq bobo“ni yozib, rus va yevropa dramaturglarining pyesalari (K.Gotssi, „Malikai Turondot“, Nikolay Gogol, „Tergovchi“, Vladimir Bill Belotserkovskiy, „Labbay“, Molyer, „Xasis“)ni tarjima qilib berdi. Choʻlpon 1927-yilda Moskva va Boku drama studiyalari qatnashchilari bazasida Oʻzbek davlat namuna truppasi (1929-yildan Oʻzbek davlat teatri) tashkil etilgach, mazkur truppa (teatr) ning adabiy emakdoshi sifatida faoliyat olib bordi. Shu davrda uning kishilar va jamiyat hayotidagi nuqsonlarni hajv etuvchi „Mushtumzoʻr“, „Hujum“ (V.Yan bilan hamkorlikda, 1928), „Oʻrtoq Qarshiboyev“ (1929) kabi pyesalari sahna yuzini koʻrdi. Choʻlpon ayni paytda teatr tarjimoni sifatida ham samarali ijod qilib, K.Goldonining „Ikki boyga bir qarol“, Lope de Veganing „Qoʻzi buloq“, William Shekspirning „Hamlet“, F.Shillerning „Bosmachilar“, Bill Belotserkovskiyning „Poʻrtana“, S.Levitinaning „Hukm“, A.Faykoning „Portfelli kishi“, V.Tretʼyakovning „Naʼrangni tort, Xitoy!“, Vs. Ivanovning „14–69 raqamli zirhli poyezd“ pyesalarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Choʻlpon adabiy emakdosh, dramaturg va tarjimon sifatida Uygʻur bilan birga professional oʻzbek teatriga tamal toshini qoʻydi. MaqolalariChoʻlponning adabiyot va sanʼat masalalariga bagʻishlangan faoliyati kichik-kichik maqolalardan iborat boʻlsada, ularning ayrimlari dasturiy ahamiyatga ega. Choʻlpon 1914-1915-yillarda yozgan „Adabiyot nadir?“ va „Muhtaram yozuvchilarimizga“ maqolalari bilan adabiyot va sanʼatning xalq va jamiyat oldidagi vazifasini, tarbiyaviy-maʼrifiy ahamiyatini aniq belgilab berdi. U oʻzbek va xorijiy xalqlar adabiyoti namoyandalari („Marhum Tavfiq Fitrat“, „Ikki yuqotish“, „Rizo Tavfiqbek“, „Tagor va tagorshunoslik“, „Ulugʻ hindi“, „Joʻrj Dandon“, „Katta maktab egasi“, „Uvaysiy“, „Ustodning xislatlari“), teatr va musiqa sanʼati („Abo Muslim“, „Iblis“, „Shayx Sanʼon“, „Oydin“, „Malikai Turondot“, „Meyerxold teatri“, „Tursunoy sahnada“, „Ashulaga ishkiboz“, „Qiziqlar“, „Otabola sanʼatkor“, „Bazmcholgʻu toʻdasi“, „Ukraina bandurachilari“), til („Shohnoma“ning turkcha tarjimasi", „Tilimizning ishlanishi“) va tarjima („Tarjima toʻgʻrisida jindak“, „Soʻz, soʻz, suz“) masalalariga bagʻishlangan maqolalari bilan 20-yillarda adabiy tanqid, sanʼatshunoslik, tilshunoslik va tarjimashunoslik sohalarining paydo boʻlishi va shakllanishiga katta hissa qoʻshdi. Tarjima asarlariChoʻlpon adabiy merosining salmoqli qismini tarjima asarlar tashkil etadi. U Moskvada yashagan yillarida moddiy ehtiyoj orqasida koʻpgina oʻtkinchi asarlarni tarjima qilishga majbur boʻldi. Lekin shu bilan birga Choʻlpon Aleksandr Pushkin („Boris Godunov“, „Dubrovskiy“), Nikolay Gogol („Tergovchi“), I. S. Turgenev („Choʻri qiz“), I.Franko („Million“, „Feruza“), L.Andreyev („Gubernator“, „Osilgan yetti kishining hikoyasi“), A. P. Chexov („Qochoq“), A. M. Gorkiy („Ilgaklar“, „Ona“) singari rus va boshqa xalqlar adabiyotining mumtoz asarlarini ham katta mahorat bilan tarjima qilib, zamonaviy milliy tarjima maktabiga asos soldi. Choʻlpon tarjimasidagi William Shekspirning „Hamlet“ tragediyasi oʻzbek tarjima sanʼatining shoh namunasidir. Choʻlpon shoʻro davlatining doimiy tazyiqi va nazorati ostida yashagani sababli uning koʻplab qoʻlyozmalari oʻgʻirlandi. U 1937-yilda „xalq dushmani“ sifatida ayblanib, qamoqqa olinishi arafasida va keyin ham barcha qoʻlyozma asarlari kuydirib tashlandi. Shunga qaramay, Choʻlpondan bizga qadar yetib kelgan 10 jild hajmdagi original va tarjima asarlar oʻzbek xalqining katta madaniy va maʼnaviy boyligidir. Choʻlpon dastxati. Goʻzal sanʼatlar.Choʻlponning „Oʻzbek yosh shoirlari“ (1923), „Goʻzal yozgʻichlar“ (1925), „Adabiyot parchalari“ (1926) majmualarida chop etilgan sheʼrlari, oʻz sheʼrlari asosida nashr qilingan „Uygʻonish“ (1922), „Buloqlar“ (1923), „Tong sirlari“ (1926), „Soz“ (1935) kabi toʻplamlari yangi oʻzbek sheʼiyati taraqqiyotida muhim oʻrin tutadi. Uning „Kecha va kunduz“ (1936) romani, „Doʻxtur Muhammadyor“ (1914), „Qor qoʻynida lola“, „Novvoy qiz“, „Oydin kechalarda“ hikoyalari yangi davr oʻzbek nasri rivojiga salmoqli hissa boʻlib qoʻshildi. Choʻlponning „Yorqinoy“ (1920), „Xalil farang“ (1921), „Choʻrining isyoni“ (1926), „Yana uylanaman“ (1926), „Mushtumzoʻr“ (1928), „Oʻrtoq Qarshiboev“ (1928), „Hujum“ (1928) kabi dramalari uning dramaturg sifatida ham samarali ijod qilganligini koʻrsatadi. Milliy istiqlol va ozodlik gʻoyalari Choʻlpon ijodining leytmotivini belgilaydi. Choʻlpon Pushkinning „Dubrovskiy“, „Boris Godunov“ asarlarini, Gorkiyning „Ona“ romani va „Egor Bulichev“ peʼsasini, Lohutiyning „Evropa safari“ni, Gotsiyning „Malikai Turandot“, Shekspirning „Hamlet“ dramalarini oʻzbek tiliga tarjima qilish orqali oʻzbek va jahon adabiy aloqalari rivojiga munosib hissa qoʻshdi. Choʻlpon ijodi bilan OʻzMU professorlari O. Sharofiddinov, U. Normatov, N. Karimov, D. Quronov, B. Doʻstqoraevlar ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Choʻlponga Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi. Uning „Kecha va kunduz“ romani asosida videofilm yaratilgan. Tarjima qilingan asarlariChoʻlponning tanlangan asarlari birinchi marotaba rus tilida 2009-yil Moskvadagi Voskresenye nashriyotida chop etildi. Ushbu toʻplam uning „Kecha va kunduz“ romani, „Yorqinoy“ pesasi va 1915-1938-yillarda yaratilgan bir qator sheʼrlarini oʻz ichiga olgan. Tanlangan asarlar Hamid Ismoilov tomonidan tarjima qilingan. Shu yilning oʻzida „Kecha va kunduz“ romanining Stéphane A. Dudoignon tomonidan fransuz tiliga tarjimasi Fransiyada Bleu Autour nashriyotida chop etildi. 2008-yil Parijda chop etilgan Oʻzbekiston sheʼriyati antologiyasida („Anthologie de la poésie d’Ouzbékistan“) Choʻlponning bir nechta sheʼrlari fransuz kitobxonlariga havola qilingan. Tarjilonlar Hamid Ismoilov va Jean-Pierre Balpe. Nashr qilingan asarlariAbdulhamid Choʻlpon. Kecha. T.: Oʻzdavnashr, 1936. Choʻlpon. Yana oldim sozimni. T.: Adabiyot va sanʼat. 1991. Choʻlpon. Adabiyot nadir. T.: Choʻlpon, 1994. Abdulhamid Choʻlpon. Kecha va kunduz. Birinchi kitob: Kecha. T.: Sharq, 1995 (XX asr oʻzbek romani). Abdulhamid Choʻlpon. Goʻzal Turkiston. T.: Maʼnaviyat, 1997. Choʻlpon. Asarlar. Uch jildlik. T.: Xazina, 1997-1998. Abdulxamid Chulpon. I prozvuchit eщe moy saz, per. s uzbekskogo Xamidom Ismaylovim, Moskva: Voskresene, 2009. Tchulpân. Nuit, fransuz tilida, tarjimon va soʻzboshi muallifi Stéphane A. Dudoignon. Saint-Pourçain-sur-Sioule : Bleu autour, 2009; 464 bet (Collection „d’un lieu l’autre“).[1][2][3][4] Xulosa:Oʻzbekiston mustaqil respublika deb eʼlon qilingach, Choʻlponning oʻzbek madaniyatini rivojlantirish va xalq ommasini istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga qoʻshgan hissasi yuksak baholandi. Choʻlponga Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) va „Mustaqillik“ (1999) berildi. 1997-yil Choʻlponning 100 yilligi keng nishonlanib, Andijonda Choʻlpon uy-muzeyi tashkil etildi, Tillar pedagogika instituti va litsey Choʻlpon nomi bilan ataldi. Oʻzbek milliy akademik drama teatrida Choʻlpon xayoti va ijtimoiy faoliyati haqida hikoya qiluvchi „Kunduzsiz kechalar“ (Usmon Azim asari) spektakli sahnalashtirildi. Xotirasini abadiylashtirish uchun ko‘chalar hamda muhim inshootlarga nomi berildi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:Download 97.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling