N. raimnazarova
Download 0.96 Mb.
|
N. raimnazarova
Assimilyatsiya – lotincha o'xshatish demakdir. So'z tarkibidagi yondosh, noo'xshash tovushlarning artikulyatsiya talabiga ko'ra o'xshash tovushlarga aylanishiga assimilyatsiya deyiladi.
Masalan, bir+ta so'zining bitta shaklida talaffuz qilinishining sababi shun-daki, qator kelgan noo'xshash r-t undoshlarida r undoshini talaffuz qilish jarayonida nutq a'zolari harakatining intihosi (rekursiyasi) t undoshini talaf-fuz qilinish jarayonidagi nutq a'zolari harakatining ibtidosi (ekskursiyasi) bilan qo'shilib ketib, keyingi tovush (t) ekskursiyasi (ibtidosi) oldingi tovush (r) rekursiyasi (intihosi)ni o'ziga o'xshatib oladi va natijada t undoshining ta'sirida r undoshi t ga aylanadi: birta – bitta kabi. Assimilyatsiya progressiv va regressiv bo'ladi. Agar oldingi tovush keyingi tovushni o'ziga moslashtirsa (ketdi – ketti, aytdi – aytti, yurakga – yurakka, tokqa – tokka kabi) progressiv assimilyatsiya, aksincha, agar keyingi tovush oldingi tovushni o'ziga moslashtirsa (birta – bitta, yigitcha – yigichcha, nonvoy – novvoy, yozsin – yossin kabi) regressiv assimilyasiya deyiladi. Assimiliyatsiya to'liq va to'liqsiz bo'ladi. Agar bir tovush ikkinchi tovush-ni o'ziga to'la moslashtirsa (tuzni – tuzzi, tuzsa – tussa kabi) to'liq assi-milyatsiya, aksincha, bir tovush ikkinchi tovushni o'ziga qisman moslash-tirsa (o'sdi – o'sti, oshga – oshka kabi) to'liqsiz assimilyasiya deyiladi. Keyingi misollardan ko'rinadiki, sd-st va shg-shk o'zgarishlarida tovushlar-ning o'zaro ta'siri yo'qqa o'xshab ko'rinadi, aslida har ikki misolda ham oldingi jarangsiz undoshlar (s, sh) keyingi jarangli undoshlarni (d, g) faqat jarangsizlashtirgan, lekin tamoman o'ziga o'xshatib ololmagan (sd-ss, shg-shsh kabi), shuning uchun bu assimilyatsiyalar to'liqsiz, progressiv assi-milyatsiyalardir. Assimilyatsiya kontakt va distakt holatlarda ham bo'ladi. Kontakt assi-milyatsiyada yonmayon tovushlar o'zaro ta'sir qilsa (ketgan – ketkan kabi), distakt assimilyatsiyada o'zaro ta'sir qiluvchi tovushlar orasida boshqa tovush (ko'pincha unli) bo'ladi: kitob – kitop kabi. Bunda ham jarangsiz t undoshi jarangli undoshni jarangsizlashtirgan.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling