N. raimnazarova
Download 0.96 Mb.
|
N. raimnazarova
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Semasiologiya – leksikologiyaning soz manosi haqidagi maxsus sohasi. 6. Sozning tarifi. 7. Soz va tushuncha.
SO'Z VA MA'NO.
reja: 1. Leksikologiya haqida tushuncha. 2. Leksikologiya – so'z haqidagi ta'limot. 3. Tilning asosiy lug'at fondi va umumiy lug'at tarkibi. Ularning o'zaro aloqasi, farqi. 4. So'z haqida umumiy ma'lumot. 5. Semasiologiya – leksikologiyaning so'z ma'nosi haqidagi maxsus sohasi. 6. So'zning ta'rifi. 7. So'z va tushuncha. 8. So'zning nom bo'lish qobiliyati. 9. So'zning leksik ma'nosi va qo'shimcha ma'nolari. 10. So'zda leksik-grammatik ma'no birligi. 11. Xulosa. Leksikologiya so'zi grekcha lexis – so'z, logos – ta'limot so'zlaridan olingan bo'lib, so'z haqida so'z, so'z haqida ta'limot demakdir. Bundan anglashiladiki, leksikologiya (leksika) tilning so'z boyligi, asosiy lug'at tarkibi, ularning ma'no turlari va so'z ma'nolarining ifodalanish yo'llarini o'rganuvchi va o'rgatuvchi sohadir. Leksikologiyaning o'rganish ob'yekti sifatida so'z tilning eng muhim birligidir. Lekin so'z nutq tovushlaridan tarkib topganligi va u o'z navbatida grammatik jihatdan shakllanishi bilan ham fonetika, ham grammatika bilan aloqador. So'z tarkibidagi har bir tovush o'zgarishi so'z ma'nosini o'zgartir-gani kabi so'z faqat grammatika ixtiyoriga o'tgandagina fikr ifodalash, fikr anglatish vazifasini bajarish xususiyatiga ega bo'ladi. Demak, tilning leksikasi asosiy lug'at fondi va grammatik qurilishi tilning negizi, til xususiyatining mohiyatidir. Tilning asosiy lug'at fondi til leksikasining yadrosi bo'lib, tilning umumiy lug'at tarkibining mag'zini tashkil qiladi. Tilning umumiy lug'at tarkibi umumxalq tilidagi so'zlarning ja'midir. Bu jihatdan u tildagi barcha so'zlar bilan bir qatorda tilning asosiy lug'at fondini ham o'z ichiga oladi. Tilning umumiy lug'at tarkibi tilning ahvoli qanday ekanligini ko'rsatadi, lekin tilning ahvoli, uning leksika sohasidagi rivojlanish darajasi so'zlarning umumiy miqdori bilan emas, balki ularning xilma-xil ma'noga ega bo'lishi, so'z ma'nolarining turli tushunchalarni ifodalay olishi, boy uslubiy imkoniyatdorlik va rang barangligi bilan belgilanadi. Tilning lug'at tarkibi aniq ma'no bildiruvchi so'zlar bilan bir qatorda mavhum ma'noga ega bo'lgan ko'pgina so'zlarni ham o'z ichiga oladi. Xalq orasidagi keng tarqalmagan, ayrim kasb-hunarga doir so'z va iboralar: xalq xo'jaligida, xalq maorifi va madaniyatining ayrim sohalarida, ilm-fanning turli tarmoqlarida qo'llaniladigan hamma uchun umumiy bo'lmagan so'z va atamalar ham tilning lug'at tarkibida mavjud bo'ladi. Tilning asosiy lug'at fondi tarkibidagi so'zlar kishilarning kundalik turmushida keng qo'llaniladigan, shu tilda so'zlashuvchi jamoaning iste'mol-dagi so'zlaridir. Asosiy lug'at fondi tarkibidagi kundalik muomaladagi oddiy so'zlardan tashqari, qarindoshlik bildiruvchi, jonivor va o'simliklarning nomlari va a'zolarini anglatuvchi, ishlab chiqarish qurollari, uy-joy va ro'zg'or asboblari nomlarini ifodalovchi, oziq-ovqat va ularning turlarini nomlovchi otlar; rang-tus, maza-ta'm, hajm-shakl, masofa anglatuvchi sifat va ravishlar; barcha tub sonlar; harakat va holat bildiruvchi tub fe'llar kiradi. Bundan ko'rinadiki, tilning umumiy lug'at tarkibi bilan asosiy lug'at fondi bir-biridan farqli. Bu farqlar asosan quyidagilar: a) asosiy lug'at fondi tilning tarixiy taraqqiyotida barqaror va uning rivoji uchun so'z yasash bazasidir. Lug'at tarkibi tilning umumiy ahvolini bildiruv-chi, hatto asosiy lug'at fondini ham o'z ichiga oluvchi eng muhim til elementidir; b) asosiy lug'at fondining doirasi tor, u kishilarning kundalik turmushida faol qo'llanadigan so'zlarni o'z ichiga oladi. Umumiy lug'at tarkibining doirasi keng, chunki aniq tushunchalarni anglatuvchi so'zlardan tashqari, shu til doirasidagi barcha mavhum tushunchalarni anglatuvchi so'zlarni ham o'z ichiga oladi; c) asosiy lug'at fondi so'z yasash bazasi hisoblanadi, umumiy lug'at tarkibi esa shu hisobga doim o'sib, o'zgarib, boyib boradi. Tilning asosiy lug'at fondi va umumiy lug'at tarkibi o'rtasida ana shunday farqlar bo'lishiga qaramasdan, ular bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Sababi doimiy ravishda asosiy lug'at fondi doirasidagi so'zlar umumiy lug'at tarkibi doirasidan mustahkam o'rin olib, umumiste'moldagi so'zga aylan-gach, asosiy lug'at fondi doirasiga o'tib yana yangi so'zlarning yasalishiga asos bo'lishi mumkin. So'z eng muhim til birliklaridan biridir, chunki kishilar so'zlar vositasida o'zaro bir-birlari bilan fikrlashadilar, bir-birlarini anglaydilar. Tilning umumiy lug'at tarkibini tilda mavjud bo'lgan barcha faol va nofaol so'zlar tashkil qilib, ular kishilarning kundalik turmush sharoitida, ijtimoiy ishlab chiqarishida va boshqa munosabatlarida shu tilda so'zlashuvchi shaxslarning barchasi uchun xizmat qiladi. Ayrim olingan har bir so'zning ham tovush, ham ma'no tomoni mavjud bo'lib, uning ma'no tomoni bilan leksikologiyaning maxsus sohasi semasiologiya shug'ullanadi. Semasiologiya so'zi sema – ma'no, logos – ta'limot so'zlaridan tarkib topgan bo'lib, so'zning ma'no xususiyatlari bilan shug'ullanadi. Ko'rinadiki, so'zning ma'no tarkibi va u bilan bog'liq hodisa-larni o'rganuvchi sohaga semasiologiya deyiladi. So'zning ma'nosi va semantik tarkibi boshqa-boshqa hodisalardir. So'z-ning ma'nosi deganda, so'zning u yoki bu ma'nosi anglashilsa (kitob so'zining ma'nosi o'quv quroli kabi), so'zning ma'no tarkibiga uning o'z, ko'chma, ekspressiv va uslubiy ma'nolari ham kiradi. Masalan, bosh so'zining boshi og'rimoq, boshi berk ko'cha, bosh masala, bosh qo'shmoq iboralaridagi ma'nolari kabi. Borliqdagi narsa va hodisalar tarkibiga ko'ra ularni tashkil etuvchi turli elementlarga bo'lingani kabi so'zning ma'nosi ham yaxlit bir butun ko'rinsa-da, u tarkibiy qismlarga – semalarga bo'linadi, so'z ma'nosi (sememalar) ning semantik tuzilishi uning tarkibiy qismlari bo'lgan semalarning qay daraja-daligi bilan bog'liq, so'zning semantik tuzilishini mukammal o'rganish so'z semalarini komponent tahlil qilish usulini yuzaga keltiradi. Xo'sh, so'z va uning semantik tuzilishi shunday murakkabliklarga ega ekan, uni qanday ta'riflash mumkin?
Bundan ko'rinadiki, so'z tovushlar orqali idrok qilinishi va ma'no anglatish bilan birga tushuncha ifodalash xususiyatiga ham ega. Chunki tushuncha narsa va predmetlarni, voqea va hodisalarni muhim belgilari asosida boshqa barcha narsa va predmetlar, voqea va hodisalardan ajratadigan fikr shaklidir. U ana shu narsa va hodisalar, ularning xususiyatlari orasidagi ma'lum bog'lanishlarni ongda aks ettiradi. Kishining fikrlashi tushunchalarning harakati tufayli vujudga keladi. Shu jihatdan, so'z tushunchaning tildagi ifodasidir. So'zlar orqali predmet va hodisalar bir-biriga qiyos qilinadi va shu yo'l bilan ularning umumiy va xususiy belgilari ajratiladi. Masalan, hozirgi o'zbek tilida daraxt so'zi umuman daraxt haqidagi tushunchani bildiradi. Ayni zamonda bu so'z mevali va mevasiz daraxtni, mevali daraxtlardan olma, o'rik, shaftolini, shaftolidan chillaki (luchchak) shaftoli yoki anjir shaftoli kabi tushunchalarni ham ifodalashi mumkin. Misollardan ko'rinadiki, tushuncha doirasi qanchalik kengaygan sari, predmet haqidagi tasavvur kengaygan sari shu predmetni anglatgan so'z ma'nolarida ham differensiatsiyalanish yuz beradi.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling