N. Sh,Abdullayeva “ ” 2023 yil


Mundarija Kirish …………………………………………………………………………….6


Download 208 Kb.
bet2/20
Sana18.06.2023
Hajmi208 Kb.
#1589800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
ZEBINISO KURS ISHI

Mundarija
Kirish …………………………………………………………………………….6


I.BOB. Maktabgacha yoshidagi bolalarni o'qib, hikoya qilib beriladigan ertaklar bilan tanishtirishning ahamiyati.
1.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni hikoya tuzishga o’rgatish bo’yicha ish mazmuni va vazifalari ………………………………………………………………11
1.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni hikoya qilib berishga o’rgatishda foydalaniladigan usullar
1.3. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni rasmga qarab hikoya qilishga o’rgatish……………………………………………………………………………26


II. BOB. Maktabgacha yoshidagi bolalarni o'qib, hikoya qilib beriladigan ertaklar bilan tanishtirishning mazmuni.
2.1.Maktabgacha ta’lim tashkilotida o’yinchoqlarga qarab hikoya qilishga
o’rgatish ……………………………………………………………………………35

2.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni o’z tajribalaridan (xotiradan) hikoya qilib berishga o’rgatish ……………………………………………………………..42




III. Xulosa………………………………………………………………………….50
IV. Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………53
Kirish


Mavzuning dolzarbligi: Vatanimiz mustaqillikka erishgach, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e'tibor kuchaydi. Mustaqillikka erishganidan so’ng O’zbekiston o’tgan yillar ichida mashaqqatli va sharafli yo’lni bosib o’tdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ozodlikka erishgan dastlabki kunlarimizda “O’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz – bu gul bilan qoplangan yo’l emas, bu totalitarizm merosidan xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’lidir”, deb aytgan so’zlari zamirida qanchalik chuqur hayotiy ma’no borligini yana bir bor anglaymiz. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so’ng xalqimizning sobiq mustabid tuzum davrida toptalgan haq-huquqlari, milliy an’ana, urf-odat va qadriyatlarimiz, o’zlikni anglash, adolat ustivorligi asosida yashah hayotimiz mezoniga aylandi.
Mustaqillik tufayli o`zbek xalqining ko`p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va ma`naviy merosini o`rganish, undan xalqning bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo`l ochildi. Ma`naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaqo xazinasi va taraqqiyot manbai hisoblanadi.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi ham ma'naviy boyligimiz hisoblanadi. Folklor asarlari ma'lum ma'noda xalq badiiy dahosining izchil tarixiy-tadrijiy rivojini o‘zida mujassam etgan ma'naviy qadriyat namunasi hisoblanadi. Xalqimizning turmush tarzi, betakror milliy an'analari, urf-odatlari, tabiat va jamiyatga bo‘lgan munosabati folklor asarlarida o‘z aksini topgan. Shuning uchun ham xalq og‘zaki ijodini o‘rganish orqali ajdodlarimizning dunyoqarashi, maishiy hayoti va an'analari bilan bog‘liq ko‘pgina ma'lumotlarni bilib olishimiz mumkin. Zero, haqiqat va real hayotiy voqelik folklor asarlarining yuzaga kelishi uchun asos bo‘lgan birlamchi zamin hisoblanadi. Ma'naviy meros xalqning moddiy boyliklari bilan bir qatorda turuvchi milliy qadriyatlardan biridir. Ana shu milliy qadriyatlarimizning tarkibiy qismlaridan biri – xalqning ma'naviy boyligi – bu xalq og‘zaki ijodi namunalari hisoblanadi. Xalq og‘zaki ijodining esa xalqning, millatning jajji vakillari bo‘lmish bolalarning beg‘ubor dunyosini aks ettiruvchi, beg‘ubor qalbining tarjimoni hisoblanuvchi bir bo‘lagi ertakdir.
Yurtimiz kelajagi bo‘lmish bolalarning ma'naviy jihatdan yetuk, komil inson darajasida tarbiyalanishlarida, yuqorida ta'kidlaganimizdek, milliy mafkuramiz g‘oyalarini anglagan holda o‘sishlarida xalq og‘zaki ijodi namunalarining ham ahamiyati katta. Shunday ekan, kichkintoylar og‘zaki ijodini to‘plash, tadqiq etish va uni yana o‘zlariga taqdim etish bu kunning, qolaversa, o‘zbek folklorshunosligining oldida turgan muhim vazifalardan biridir.
Bolalar hali go‘dakligi davrida ona allasidan orom oladi, nafaqat orom oladi, balki Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, «…uning vositasida bolaning ko‘ngil dunyosiga milliy ruh kiradi. Ona tilidagi mehr-muhabbat, nasliy tuyg‘ular va orzular go‘dakning jismu tanida ildiz qoldiradi». Xalq ertaklari esa ilk ijtimoiy hayot haqida saboq beradi, qo‘rqmas va jasur bo‘lib o‘sishida ahamiyatlidir. Ertaklar bolalarni estetik jihatdan tarbiyalaydi, didini o‘stiradi, nafosatga undaydi. Ushbu bitiruv malakaviy ishida ertaklarning folklor asari sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlarin, hayotiy voqelikning o‘zbek xalq ertaklarida aks ettirilishi, ertaklarning yuzaga kelishi, manbalari va rivojlanish bosqichlari, hayotiy obrazlarning o‘zbek xalq ertaklaridagi talqini, ertaklarning jamiyatda komil insonni tarbiyalashdagi o‘rnini masalalariga alohida to’xtalingan. Mazkur fikrlar bitiruv malakaviy ish mavzusining g‘oyat dolzarbligidan dalolat beradi.

Download 208 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling