N. U. Arabov I f. d, professor


Download 1.91 Mb.
bet138/177
Sana15.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1202806
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   177
Bog'liq
RAQAMLI IQTISODIYOT ASOSLAR ЗУУУУУУУРРРРРР

DPoS algoritmi
DPos algoritmi (Delegated Proof - of Steal, ulush isbotini ishonchli vakili) tranzaksiyalar tezligini oshirish va blokcheyn markazlashtirilmagan rag‘batlantiruvchi tuzilishga xavf solmasdan bloklar yaratish maqsadida qurilgan.
G‘oya shundan iboratki, har bir foydalanuvchi o‘z vakillariga - tranzaksiyalarni tasdiqlaydiganlarga ovoz berishi mumkin. Vakillar shaxslari oldindan ma’lum. Bu blokcheyn sohasidagi yutuqlari bilan tanilgan obro‘li odamlar bo‘lishi mumkin.Shuni ta’kidlash kerakki, tizim ovozlarning og‘irligini hisobga oladi.Muayyan ishtirokchining kriptovalyutasiqancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha tranzaktsiyani tasdiqlanishiga ko‘proq ta’sir qilishi mumkin.
PoI algoritmi
PoI algoritmi (Proof - of - Importance, muhimligini tasdiqlovchi dalil) - tarmoqning qaysi a’zolari blokcheynga blok qo‘shish huquqini va blok uchun mukofot sifatida tranzaksiya komissiyalarini olish huquqini aniqlash uchun ishlatiladigan konsensus algoritmi.
Blokni qo‘shish va blokga kiritish tranzaktsiyalar uchun undan komissiyalarni (to‘lovlarni) olishga vakil sifatida tanlash
uchun "muhimligi" reytingi yuqori bo‘lgan akkauntlarning ehtimoli ko‘proq bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, mavjud konsensus algoritmlari ideal emas va markazlashtirilmagan yoki qisman markazlashtiril- magan tizimda kelishuvga erishish uchun universal usul mavjud emas. Har bir mexanizm o‘zining afzalliklari va kamchiliklariga ega.

      1. Blokcheyn qo‘llash sohalari

Blokcheyn dunyodagi birinchi kriptovalyuta Bitcoin bilan birga paydo bo‘ldi.
V. Buterin va uning hamkasblari ikkinchi avlod kriptovalyuta bilan bog‘liq bo‘lgan Ethereum kriptovalyuta blokcheynni yaratib, oldinga qadam tashlashdi. Uning o‘ziga xos tuzish xususiyatlari bor. Agar Bitcoin blokcheyn dastlab moliyaviy tranzaksiyalar uchun modellashtirilgan bo‘lsa, Ethereum ishlab chiquvchilari dasturlashtirilgan algoritmlarni bajarilishi mumkin bo‘lgan hisoblashtengdosh tarmog‘ini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ular aqlli yoki smart - kontraktlar deb nomlanadi. Bunday smart - kontraktlarning mohiyati shundan iboratki, ularning bajarilishi ma’lum shartlar bajarilganda yuz beradi.
Qanday biznes - ilovalarni blokcheyn texnologiyasi asosida yaratilishi yoki allaqachon yaratilishini ko‘rib chiqamiz.

  1. Aqlli shartnomalar

Tarqatilgan buxgalteriya kitoblar belgilangan shartlarni bajargan holda oddiy shartnomalarni kodlash imkonini beradi.
Texnologiyani rivojlantirishning hozirgi darajasida, sodda funksiyalarni bajarish uchun aqlli kontraktalar dasturlashtirilishi mumkin. Masalan, agar moliyaviy vosita avtomatik to‘lovlarni amalga oshirishga imkon beradigan blokcheyn va Bitcoin texnologiyasidan foydalangan holda ma’lum bir standartga javob bersa, kontrakt to‘lanishi mumkin.

  1. Birlashgan iqtisodiyot

Uber va Airbnb kabi kompaniyalarning rivojlanishi almashinuv iqtisodiyotining muvaffaqiyatini isbotladi. Tengdosh 274
to‘lovlarni (do‘stlar va oila a’zolariga telefon yoki kompyuter orqali to‘lash) o‘z ichiga olgan holda, blokcheyn tomonlarning bevosita o'zaro munosabatlari imkoniyatini ochib beradi - bu haqiqatan ham markazlashtirilmagan almashish iqtisodiyotiga olib keladi.

  1. Kraudfanding

Kraudfanding - bu boshqa odamlar yoki tashkilotlarning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z mablag‘lari yoki boshqa manbalarini, odatda Internet orqali, ixtiyoriy ravishda birgalikda yig‘adigan odamlarning jamoaviy hamkorligi.
Kraudfanding tashabbusi rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan. Odamlar mahsulot ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etishni xohlashadi. Blokcheyn bu qiziq ishni yangi darajaga ko‘taradi, kraudsordinglivenchur fondlarini yaratishi mumkin.
2016-yilda ana shunday tajribalardan biri Ethereum platformasida markazlashtirilmagan avtonom tashkilot (MAT) ikki oy ichida 200 million dollar yig‘di. MAT tajribasi shuni ko‘rsatdiki, blokcheyn iqtisodiy hamkorlikning yangi modelining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.


  1. Download 1.91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling