N. U. Arabov I f. d, professor


Aktivlari bilan ta’minlanmagan kriptovalyutalar


Download 1.91 Mb.
bet153/177
Sana15.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1202806
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   177
Bog'liq
RAQAMLI IQTISODIYOT ASOSLAR ЗУУУУУУУРРРРРР

Aktivlari bilan ta’minlanmagan kriptovalyutalar - ularning emitentining haqiqiy aktivlari bilan ta’minlanmagan kriptovalyutalar (masalan, Bitcoin [BTC] moddiy va passivlar bilan ta’minlanmagan birinchi va keng tarqalgan kriptovalyutalar).
Aktivlari bilan ta’minlanmagan tokenlar - ularning emitentining real aktivlari bilan ta ’minlanmagan va / yoki faqat raqamli qiymat obyektlariga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi tokenlar.
Auksion - tovarlar va xizmatlarni ochiq tanlov savdolarida sotish, bunda ularning yakuniy narxi belgilanadi.
Autentifikatsiya - jalb qilingan tomonni aniqlash jarayoni.
Avtorizatsiya - birinchidan, manbalar yoki xizmatlarga kirish huquqi. Ikkinchidan, karta emitenti operatsiyani yakunlash uchun ruxsat beradigan jarayon. Ushbu jarayon kredit karta cheklovlari bekor qilinmaganligini tasdiqlaydi va ko‘rsatilgan kredit miqdorini saqlab qoladi.
Axborot texnologiyalari - kompyuter texnologiyalarining dasturiy va texnik vositalarining majmui, shuningdek, ma’lum bir fan sohalarida ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, qayta ishlash, uzatish va ulardan foydalanish funktsiyalarini bajarish uchun usullar.
Banner - reklama muhiti, bu noshirning veb-sahifasida joylashtirilgan va reklama beruvchining veb-saytiga havolasi bo‘lgan grafik fayl.
Bannerli ko‘rsatish almashinuvi tizimlari - bu o‘z ishtirokchilari o‘rtasida bannerlarni almashadigan maxsus tizimlardir. Ular odatda o‘z xizmatlari uchun taassurotlarning ma’lum foizini oladilar.
Bannernaya reklama - o‘z trafigini oshirish uchun veb- saytni reklama qilish usuli, shuningdek, kompaniya, mahsulotlar, xizmatlar va boshqalarning imidjini yaratish vositasi. Bannerlar reklama vositasidir.
Bank xizmatlari uchun masofadan identifikatsiya (aniqlash) qilish - moliyaviy xizmatlardan foydalanishda fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchisini aniqlash tizimi, shu jumladan moliyaviy xizmatlarni taqdim etish uchun shaxsiy ishtirokida bir martalik dastlabki identifikatsiya qilish va masofadan turib identifikatsiyalash tizimi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling