N. U. Arabov I f. d, professor


Download 1.91 Mb.
bet32/177
Sana15.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1202806
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   177
Bog'liq
RAQAMLI IQTISODIYOT ASOSLAR ЗУУУУУУУРРРРРР

Bulut texnologiyalar - ma'lumotlarni saqlash va qayta ish- lash uchun qulay vosita bo‘lib, apparat, litsenziyaga dasturiy ta’minot, aloqa kanallarini o‘z ichiga oladi va foydalanuvchilar uchun maqsadlar, vazifalar, loyiha amalga oshirish uchun texnik ko‘mak korsatadi (1.5.1-rasm) :

1.5.1-rasm. Bulutli texnologiyalar sxemasi

"Bulutlar"da ishlash xarajatlarni kamaytirish va korxonalarn- ing samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bulutli texnologiyalarn- ing o'ziga xos xususiyati bu apparat platformasi va geografik hududga biriktirilmasligi, kengayish ehtimoli hisoblanadi. Mijoz dunyoning istalgan burchagidan va Internetga ulangan har qanday qurilmadan bulutli xizmatlar bilan ishlashi, korxonaning o'zgar- uvchan vazifalariga va bozor ehtiyojlariga tezda javob berishi mumkin.


Bulutli hisoblash
Bulutli hisoblash deganda (cloud computing ingliz tilidan olingan) odatda internet servislar shaklida foydalanuvchiga inter- net xizmatlarni kompyuter resurslar shaklida taqdim etish tushuniladi. Hisoblash manbalari foydalanuvchiga "tozalangan" shaklda taqdim etiladi va foydalanuvchi qanday kompyuterlar un- ing so‘rovlarini qayta ishlagan, qanday operatsion tizim ostida bu boshqarilganligi haqida tasavvurga ega bo‘lmaydi.

1.5.2-rasm. Bulutli hisoblash sxemasi

Hozirgi vaqtda yirik hisoblash bulutlari ma’lumotlar mar- kazlarida (MQIM) joylashgan minglab serverlardan iborat. Ular bir vaqtning o‘zida millionlab foydalanuvchilar tomonidan ishla- tiladigan o‘n minglab ilovalar uchun manbalar bilan ta’minlaydi.


Bulutli hisoblashning xususiyatlari 1.5.3-rasmda keltiril- gan. Hisoblash manbalari egasi tomonidan bulutli hisoblash tashqi foydalanuvchilarga axborot manbalarini taqdim etishga qaratilgan.
Foydalanuvchi tomonidan "bulutli hisoblash" - bu tashqi manbadan provayder tomonidan xizmat ko‘rinishida ma’lumot
manbalarini olish,to‘lov to‘lash belgilangan tarifga muvofiq
iste’mol qilingan resurslar hajmiga qarab amalga oshiriladi.
Bulutli hisoblashning asosiy xususiyatlari bu kattaligik o‘zgaruvchanligi va virtuallashuvi .
Kattaligik o‘zgaruvchanligi - bu axborot resurslarining o‘zgaruvchan yukiga qarab dinamik ravishda sozlash qobiliyati, masalan, foydalanuvchilar sonini ko‘paytirish yoki kamay- tirish, malumotlar omborlari yoki hisoblash quvvatining zarur hajmini o‘zgartirish .
Virtuallashuv asosan abstraksiya va inkapsulyatsiyani ta’min lash uchun ishlatiladi (foydalanuvchi uchun qulay interfeysni ta’minlaydigan va shu bilan birga uni amalga oshirishning murakkabligini batafsil yashiradigan tizimni yaratish jarayoni).

Manba: mashtab.org
1.5.3-rasm. Bulutli hisoblash xususiyatlari

Abstraktsiya "xomaki" hisoblash komminikatsion resusrlarni va axborot saqlovchilarni resurslar fondi shaklida sifatida aniqlashtiradi,birlashtiradi va bir xil resurslarni o‘z ichiga olgan, ammo mavhum shaklda birlashtirilgan resurs qatlamini yaratish imkonini beradi. Ular foydalanuvchiga va bulut tizimlarining yuqori qatlam yuqori qatlamlariga virtual serverlar, klasterlar, fayl tizimi va ma’lumotlar bazalarni boshqarish tizimlar (MBBT) sifatida taqdim etilishi mumkin.
Ilovalarni inkapsulyatsyasi xavfsizlikni, boshqarishni va aj- ratishni yaxshilaydi .

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling