Internet marketingining kontsepsiyalari va asosiy elementlari
Hozirgi vaqtda Internet - marketingda ushbu hodisaning evolyutsiyasini aks ettiradigan uchta kontseptsiya shakllantirildi (3.1.1-jadval).
Internet marketing 1.0 kontseptsiyasi Internetni rivojlantirish jarayonida ishlatilgan. Asosiy maqsad Internetda bo‘lish edi, ya’ni, marketing strategiyasi web-saytni ishlab chiqish va nashr etish bilan cheklangan. Bunda asosiysi miqdoriy ko‘rsatkichlarni hisoblash edi, masalan tashriflar soni, sahifalarni ko‘rish soni, foydalanuvchilarning saytga sarflagan o‘rtacha vaqti va boshqalar.
Internet marketing 2.0 konsepsiyasi (mavjud va bo‘lishi mumkin mijozlar bilan ishlashga yo‘naltirilgan Internet-market- ingni rivojlantirish) bugungi kunda ko‘pgina tijorat tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladi. Ushbu bosqichda oddiy korporativ web- 191
saytlar va yirik mavzuli portallar ishlab chiqilmoqda. Strategiya maqsadga erishishga yo‘naltirilgan, masalan, qidiruv tizimida bi- rinchi darajali qidiruv so‘rovlari uchun birinchi o‘rinni egallash, maqsadli auditoriyaning maksimal sonini jalb qilish.
3.1.1-jadval
Internet - marketing konsepsiyasining evolyutsiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |