N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Nasos silindrlari. Chuqurlik nasosi silindrlari birbutin va tarkibli 
tayyorlangan turlari mavjud. Silindr 38XMЮА markali po‘latdan tayyorlanadi.
Vtulkasiz turidagi shartli diametri 29, 32, 38, 44 va 57 mm, hamda plunjeri 
yurish uzunligi 1200 va 3500 mm bo‘lgan silindrlar o‘rnatiladigan nasoslarda keng 
qo‘lanilib kelinmoqda. Plunjer yurish uzunligi 4500 va 6000 mm bo‘lgan hamda 
silindrning shartli diametri 32 dan 95mm gacha quvurli nasoslarda va shartli diametri 
38 mm dan 57 mm gacha bo‘lgan o‘rnatiladigan nasoslarda qo‘llaniladi. 
Nasos plunjerlari to‘rt xil ko‘rinishda tayyorlanadi: 
П1Х-plunjer yuzasida aylana ariqchasi mavjud, yuqori uchi silindrik 
ko‘rinishda yo‘nib kengaytirilgan va tashqi tomoni xromli qoplama bilan 
qoplangan.(11.8-rasm,a) 
П2Х- xuddi yuqoridek lekin yuqori uchi slindrik tarzda yo‘nilmagan (11.8-
rasm,b); 
П1И-aylana ariqchali, yuqori uchi silindrik tarzda yo‘nilgan va ustki yuzasi 
yemirilishga bardoshli kukun sepilgan(11.8-rasm,a); 
П2И-bu ham yuqoridagidek faqat yuqori uchi slindrik tarzda 
yo‘nilmagan(11.8-rasm.b). 


181 
a) b) 
11.8-rasm. Nasos plunjerlari. 
11.9-rasm. Quduq nasosining klapanli 
uzeli. 
1-korpus; 2-katak; 3-sharik; 4-egar; 5-
konus-uchligi. 
Klapan juftligi uch xil tuzilishda tayyorlanadi: 
K-zanglamaydigan po‘latdan yasalgan sharik va silindrik egar; 
KБ-xuddi yuqoridek faqat burtikli; 
KИ-qattiq qotishmadan silindrik egar va zanglamaydigan po‘latdan sharik. 
Yemirilishga bardoshli ShQN П1И va П2И turidagi plunjerlardan va KИ 
turidagi ―egar-sharik‖ jufligi bilan komplektlashtiriladi. 
Tuzilishi bo‘yicha ShQN silindir, plunjer, klapanlar, qulflar (o‘rnatiladigan 
nasos uchun), biriktiradigan va o‘rnatiladigan detallardan tashkil topgan bo‘ladi. 
Nasoslarni konstruksiyalashda ko‘rsatilgan qismlar va detallarni almashtirishni 
yaxshilash uchun maksimal birxillashtirishga etibor beriladi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling