N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

 
Eshov S.S –t.f.d.‖GTI va NSF‖ kafedrasi mudiri,
Begmatov T.X. – ―Muborakneftgaz‖ MChJ bosh geologi.
 
 
 
 
 
 



SO`Z BOSHI 
 
Darslikda neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyalari hamda ularni 
amaliyotga tadbiq etish masalalari ko‗rib chiqilgan. 
Neft va gaz sohasining rivojlanishi yangi texnika va texnologiyalarni 
o‘zlashtirish, yaratish va sohaga tadbiq etish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa hozirgi 
vaqtga kelib olinishi qiyin bo‘lgan zaxiralar bilan ishlab, qazib olish ko‘rsatkichini 
oshirish dolzarb mavzular hisoblanmoqda. Shunday ekan neft va gaz qazib olish 
jarayonida ishlatilayotgan va zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanishni 
bilish va amaliyotga tadbiq etish soha mutaxasislarining oldiga qo‘yilgan asosiy 
vazifa hisoblanadi. Shuning uchun darslikda yuqorida aytib o‘tilgan neft va gaz
qazib olishda qo‘llaniladigan texnika va ularni ishlatish texnologiyalariga e‘tibor
berilgan. Darslik 5311900-―Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan 
foydalanish‖ bakalavriat ta‘lim yo‗nalishining talabalari uchun neft va gaz qazib olish 
texnologiyalari fanidan dastlabki tushunchaga ega bo‘lishi uchun mo‘ljallangan. 
Darslik mazkur fan bo‗yicha namunaviy o‗quv dasturda kiritilgan mavzularni 
to‗liq qamrab oladi.
Hozirgi vaqtda ―Neft va gaz qazib olish texnologiyalari‖ fanidan o‘zbek tili 
lotin alifbosida darslik va o‘quv qo‘llanmalar soni juda kam. Shu sababli o‘quv 
dasturni imkon qadar qamrab oladigan darslik tayyorlashga harakat qilindi.



Kirish 
Xalq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishi, sanoat korxonalarini barchasini 
ta‘minlash borasida yoqilg‘i energetikasi – kompleksining hissasi beqiyosdir. 
Yoqilg‘i energetika kompleksining asosini neft va gaz qazib olish sanoati tashkil 
etadi. 
O‘zbekiston neft va gaz qazib olish sanoati rivojlanishi bilan sanoatda 
ishlovchilar oldiga katta vazifalar qo‘yib kelmoqda. Ushbu kasb egalari zamonaviy 
texnologiyalar bilan yaqindan tanishishi, o‘z bilimlarini doimiy ravishda to‘ldirishda, 
yer bag‘ridan zaxiralarni olishda kelajak avlod uchun zamin yaratishda va davr 
talablaridan kelib chiqqan holda o‘z dunyo qarashlarini shakllantirishda ishchi 
sinfning oldi qatorida kelmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi neft va gaz qazib olish sanoatida eng zamonaviy, 
ilg‘or texnika, qurilmalar va inshootlar mavjud bo‘lib, ularning asosiy vazifasi neft va 
gaz qazib olish suratini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va mahsulotni 
jahon talablariga javob beradigan holatga keltirish. 
So‘nggi vaqtda, neft va gaz qazib olish texnologiyasi xilma xil jixozlarni 
ishlatib kelishga va texnologik jarayonlarni doimiy takomillashtirishga undaydi. 
Qatlamdagi neft va gaz xom ashyolarni yer yuzasiga qazib chiqarishda 
ko‘plab murakkab jixozlar va inshootlarni ishlatishga to‘g‘ri keladi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling