N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
1.2.Qatlam bosimi
Neft va gaz koni qatlamlari g‘ovak muhitda shimilgan neft, suv va gaz ma‘lum bosim ostida bo‘ladi, bu bosimni qatlam bosimi deb ataymiz. Boshlang‘ich qatlam bosimi, neft va gaz uyumining yotish chuqurligiga bog‘liq bo‘ladi. Boshlang‘ich qatlam bosimi umumiy ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin (1.1) P bosh.qat –uyumning belgilangan nuqtasidagi boshlang‘ich qatlam bosimi, N/m 2 ; a-qatlam bosimining gidrostatik bosimidan chetlanishini hisobga oluvchi koeffitsient; H-quduq yoki uyumning yotish chuqurligi, m da; Ρ-qatlam sharoitidagi suyuqlikning zichligi, kg/m 3 da; g-og‘irlik kuchi tezlanishi, m 2 /sek. Ko‘p sonli tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, har xil konda α kattalik 0,8 dan 1,2 va undan ortiq o‘zgaradi. α=1 teng bo‘lsa qatlam har tomondan o‘tkazmas tog‘ jinslari bilan chegaralangan. Qatlam bosimini chuqurlik manometrlari bilan o‘lchanadi. Agar quvur ortki qismidagi suyuqlikni boshmoqqacha siqib turuvchi gaz mavjud bo‘lsa, unda qatlam bosimini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin 9 (1.2) bu yerda p x –halqali qismdagi bosim, N/m 2 ; e=2,718…; ρ g -gazning havoga nisbatan zichligi; L-ko‘taruvchi quvur uzunligi, m da; z-gazning siqiluvchanlik koeffitsiyenti; T o‘r – halqali qismdagi gazning o‘rtacha harorati, K. Agar ko‘taruvchi quvur filtrning o‘rtasidan ΔH oraliqdan yuqoriroq o‘rnatilgan bo‘lsa, hisoblangan bosimga yetmay qolgan bosimni qo‘shish talab qilinadi. ΔP=10 4 ΔHρg. (1.3) Qatlamning turli nuqtalarida bosim bir xil bo‘lmaydi. Shuning uchun biron bir gorizontal tekislikda o‘lchanadigan keltirilgan bosim tushunchasidan foydalaniladi. 1.1-rasm. Qiya qatlam sxemasi: 1- qatlamning suvga to‗yingan qismi; 2 – boshlang‗ich chegarasi; 3 – neftga to‗yingan qismi; 4 – keltirish tekisligi. Odatda keltirish tekisligi sifatida konni razvedka qilish vaqtida aniqlangan boshlang‘ich suvneft chegarasi olinishi mumkin. Agar quduq tubi o‘tkazuvchan qatlam bilan aloqada bo‗lsa, ularda bir xil keltirilgan statik bosim o‗rnatiladi. 1-quduqda (1.1-rasm) keltirilgan bosim quyidagicha ifodalanadi. P 1 =P q1 +ρ n gΔh 1 (1.4) 10 2-quduqda keltirilgan bosim quyidagiga teng P 2 =P q2 +ρ n gΔh 2 (1.5) bu yerda: ρ n – qatlam sharoitidagi neft zichligi; g – og‘irlik kuchi tezlanishi; Δh 1 , Δh 2 – 1,2-quduqlar gipsometrik belgilari farqi va keltirish tekisligi. Agar suvneft chegarasi Δz masofaga ko‗tarilgan bo‗lsa, keltirilgan tekislik o‗zgarishsiz qolganda keltirilgan bosim quyidagiga teng bo‗ladi. 1-quduq uchun P 1 =P q1 +ρngΔh 1 +ρ s gΔz, (1.6) 2-quduq uchun P 2 =P q2 +ρ n gΔh 1 +ρ s gΔz, (1.7) bu yerda: Δh 1 va Δh 2 - suvneft chegarasi joriy holati va quduq tubi belgisi farqi; ρ s – qatlam sharoitidagi suvning zichligi. Yuqorida sanab o‘tilgan bosimlardan tashqari yana haydash chizig‘i va qazib olish chizig‘i bosimini ham bilish kerak bo‘ladi. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling