N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Suv bosimi rejimi. Suv bosimi rejimida neftni qatlam bo‘ylab quduqlar tubiga 
harakatlantiruvchi asosiy energiya manbaasi chekka (ostki) suvlarning bosimi 
hisoblanadi. Uyumni ishlatish jarayonida chekka suvlar uyumga kirib boradi va 
olinayotgan neft o‘rnini to‘ldiradi. Shuning o‘zi bilan qatlam bosimi ushlab turiladi. 
Chekka (ostki) suvlarning bosimini doimiyligi qator geologik va gidrogeologik 
omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bularga uyumni ta‘minot manbaiga yaqin joylashganligi, 
uyum va ta`minot manbai orasidagi aloqaning yaxshiligi va ularning gipsometrik 
sathlari orasidagi farqning kattaligi kiradi. Suvneft chegarasidan qazib oluvchi 
quduqlarini tubiga bosimning tez uzatilishi turli fatsial aralashuvlar bilan 
murakkablashmagan kollektor qatlamning yuqori o‘tkazuvchanligi bilan erishiladi. 
Suv bosimi rejimida ishlaydigan uyumlarda qatlam bosimining o‘zgarishini 
aniqlovchi asosiy ko‘rsatkich neft qazib olish ko‘rsatkichi hisoblanadi. Suv bosimi 
rejimi uyumdagi boshlang‘ich olinadigan zaxiralardan 7-8% gacha yetishi mumkin. 
Suv bosimi rejimida ishlayotgan uyumlarda qatlam bosimi ishlatishning 
dastlabki davrida biroz pasayadi, vaqt o‘tib bir xil kattalikda to‘yinish bosimidan 


13 
yuqori ko‘rsatkichda turadi. Shuning uchun gaz omili kichik va vaqt mobaynida 
o‘zgarmas bo‘ladi. 
Chekka suvlarning doimiy bosimi rejimida suv neft chegarasi (SNCh) 
ko‘tariladi va qazib oluvchi quduqlari suvlanadi. Ishlatishning oxirgi bosqichida 
ko‘pchilik quduqlar suvlanib to‘xtatilganda yillik neft olish kamayadi, qatlam bosimi 
esa ortadi. 
Suv bosimi eng samarali rejim hisoblanadi. Neft beraoluvchanlik koeffitsienti 
0,8 gacha bo‘ladi. 
Qayishqoq - suv bosimi rejimi. Qayishqoq - suv bosimi rejimida qatlam 
energiyasining asosiy manbai yer bag‘ridagi suyuqliklar, gazlar va tog‘ jinslarining 
qayishqoqlik kuchlari hisoblanadi. Qayishqoqlik kuchlari chekka suvlarning kuchsiz 
bosimi hisobiga yuzaga keladi. Bu rejimda ishlaydigan uyumlar uchun ta`minot 
manbai bilan aloqasi yomonligi, undan uzoqda joylashganligi, past o‘tkazuvchanlik va 
kollektor qatlamlarning bir xil emasligi xarakterlidir. 
Quduqlar ishga tushirilgandan boshlab quduq tubi atrofida past bosimli hudud 
hosil bo‘ladi. Bu hududda suyuqlik va gazlar kengayadi va tog‘ jinslari qayishqoqlik 
kuchlari hisobiga qisqara boshlaydi va bosim hosil qilib quduq tubiga harakatlanishiga 
imkon yaratadi. Past bosimli hudud tobora kengayib boradi va qayishqoqlik kuchlari 
katta maydon bo‘ylab tarqaladi va ta‘sir ham kengayib boradi. Past bosimli hudud 
qatlamning suvli qismiga yetganda qatlamga suv kiradi va suvneft chegarasi ko‘tarilib 
boradi. Suvneft chegarasi bir xilda ko‘tarilmasligi quduqlarni muddatidan oldin suv 
bosishiga olib keladi. Buning natijasida mahsulotning suvlanganlik foizi oshadi. 
Qayishqoq suv bosimi rejimida qatlam bosimi avvaliga pasayadi, so‘ngra 
qatlamdan joriy va jami neft olishga bog‘liq holda doimiy ravishda to‘yinganlik 
bosimidan yuqori ko‘rsatgichda ushlanadi. Shuning uchun ishlatish jarayonida gaz 
omili o‘zgarmaydi. Agar neft olish miqdori oshirilsa, qatlam bosimi pasayadi va u 
to‘yinganlik bosimidan ham pasayganda uyumda erigan gaz rejimi yuzaga keladi. 
Qayishqoq suv siquvi rejimida neftberaoluvchanlik koeffitsienti 0,4-0,7 ni tashkil 
etadi. 


14 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling