N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
3-bob. Neft uyumiga ta’sir etish
3.1.Neft uyumiga ta’sir etish usullari va maqsadi Neft uyumiga ta‘sir maqsadi qatlam bosimini ushlash va undan ham muhimi oxirgi neftberaoluvchanligini oshirishdir. Ikkinchi holatda qatlamga ta‘sir etish oxirgi ishlatish davrida ishlayotgan tugallangan konlarda ham qo‗llanilishi mumkin. Ko‗p holatda ta‘sir etish usullari har ikkala maqsadda, qatlam bosimini ushlash va oxirgi neft beraoluvchanligini oshirish uchun qo‘llanilishi mumkin. Neft uyumlariga ta‘sir etish miqyosi juda katta, 85% atrofida neft qatlamdan ta‘sir qilish usullari yordamida qazib olinadi. Uyumdan neft qazib olish sur‘atini yaxshilash va uning oxirgi neft beraoluvchanligini oshirish maqsadida qatlamga suv, gaz yoki havo haydab qatlam bosimini ushlab turish usullaridan foydalaniladi. Ular ichida qatlam bosimini suv haydab ushlash orqali ta‘sir etish asosiy usullardan biri sanaladi. Qatlamga ta‘sir etishning quyidagi asosiy usullari mavjud: A.Suv haydab qatlam bosimini ushlash usuli, ularga quyidagilar kiradi: 1.Chegara ortidan suv bostirish; 2.Chegara bo‗ylab suv bostirish; 3.Chegara ichki qismidan suv haydash, unga quyidagilar kiradi: a) chiziqli va aylana qator bo‗ylab joylashtirilgan haydovchi quduqlar bilan uyumni bo‗lish; b) blokli suv boshtirish tizimi; v) markaz bo‗ylab suv haydash; g) tanlab suv haydash; d) maydon bo‗ylab suv haydash; B.Gaz haydab qatlam bosimini ushlash: a) Havo haydash; b) Quruq gaz haydash; v) To‗yintirilgan gazni haydash; g) Kritik ko‗rsatkichlarga yaqin xossali gazlarni haydash. 25 V.Issiqlik ta‘siri usullar: a) Qatlamga issiq suv haydash; b) Qizdirilgan bug‘ haydash; v) Qatlamda harakatlanuvchan yonuvchi front hosil qilish; g). Qatlamning tub qismiga issiqlik bilan ishlov berish. Bulardan tashqari juda kam qo‗llaniladigan, yuqoridagi nomlanishlarning birikishidan tashkil topgan ta‘sir usullari ham mavjud. Bunday usullarga qatlamga eritmalarga o‗xshash har xil moddalarni haydab, keyin uni quruq gaz yoki suv (suyultirilgan gaz haydash) bilan bostirish; karbonlashgan suvni haydab, keyin suv bilan bostirish; is gazi; qatlam neftini siquvchi suv bilan aralashadigan mitsilyar eritmalar; maxsus apparatda – gazogeneratorda haydash bosimi ostida neftni yoqishda olingan gazgeneratori gazini haydashlar misol bo‘ladi. Bu usullarning ko‘pchiligining asosiy vazifasi qatlam bosimini ushlashdan- gina iborat bo‘lmasdan, bir yo‘la neft beraoluvchanlik koeffitsientini oshirishdan iboratdir. Taqdiqotlar shuni ko‘rsatadiki, haydaladigan eritma hajmi haydash va qazib olish chiziqlari orasidagi qatlam hajmining 5-15% ni tashkil qilish kerak. Gaz haydash uchun juda yuqori quvvatli kompressor qurilmasi talab qilinib, bu suv bostirishga nisbatan bir birlik miqdorida neft qazib olishga nisbatan katta solishtirma energiya sarfiga olib keladi. Istiqbolli usullarni qo‘llash uchun- karbonlashgan suv va CO 2 haydash uchun- ko‘p miqdorda karbonat angidrid gazi kerak, bu gazni olish qiyin va katta xarajatli jarayon hisoblanadi. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling