29
3.3-rasm. O‘q bo‘ylab suv haydash.
Neftlilik chegaralari: 1- tashqi, 2- ichki;
quduqlar: 3- haydovchi, 4- qazib chiqarish.
O’q bo’ylab suv haydash kengligi 5 km dan katta, tog‘ jinslarning
kollektorlik xossalari yuqori bo‘lmagan, qatlamdagi
neftning qovushqoqligi
ahamiyatli oraliqda o‘zgaradigan, chegarasida kollektorlik xossalari gumbazi
qismidan atrofga tomon yomonlashib boradigan uyumlar uchun tavsiya etiladi. (3.3-
rasm). Uyumning neftli qismi bilan kontur orti orasidagi gidrodinamik aloqa faol
bo‘lganda, neftning va haydaladigan suvning qovushqoqligi
nisbati taqriban bir xil
bo‘lsa o‘q bo‘ylab suv haydash chegara ortidan suv haydash bilan birgalikda
qo‘llanilishi mumkin (3.4- rasm).
3.4-rasm. O‘q bo‘ylab va chegara ortidan
birgalikda suv haydash.
Shartli belgilar
Neftlilik chegaralari: 1- tashqi, 2- ichki;
quduqlar: 3-haydovchi, 4- qazib chiqarish.
Markazdan suv haydash uyumning gumbaz qismidan atrofga
fizik-litologik
va sizdirish tavsifi yomonlashib boradigan ishlatish obektlari uchun rejalashtiriladi.
Uyumlarning o‘lchamlari odatda katta emas, 1 dan 3 km gacha,
uyumning shakli
izometrik. O‘lchamlari katta, bir turli tuzilishli, kollektorlik xossalari va sizdirish
tavsifi nisbatan yuqori uyumlar uchun markazdan suv
haydash chegara ortidan suv
haydash bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Ushbu ishlatish tizimini amalga oshirishda uyumning markaziy qismidan
haydovchi quduqlar 250-300 metr aylana bo‘ylab burg‘ilanadi. Qazib chiqarish
30
quduqlari neftli va suvneftli zonalar chegarasida tashqi neftlilik
chegarasiga parallel
kontsentrik qatorlar bilan joylashtiriladi.
3.5-rasm. Markazdan suv haydash.
Neftlilik chegaralari:
1- tashqi, 2- ichki; quduqlar:
3-haydovchi, 4- qazib chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: