N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3.Suv haydab qatlam bosimini ushlash tavsifi
Tanlab suv haydash tizimi ahamiyatli har turli, linza ko‘rinishidagi tuzilishga
ega bo‘lgan, hamda qatlamning kollektorlik xossalari va qalinligi birdan o‘zgaradigan ishlatish obektlari uchun qo‘llaniladi. Suv haydashning bu turi maydon bo‘ylab suv haydash turlaridan biri hisoblanadi. Bu tizimda ishlatish obekti teng o‘lchamli uchburchak yoki to‘rtburchak to‘r bo‘yicha burĝilanadi. Butun kon geologik materiallarni kompleks ishlash asosida burĝilangan quduqlardan suvni yaxshi qabul qiladiganlari tanlanadi. Haydovchi quduqlar joyini tanlashga asosiy talablar quyidagilar hisoblanadi: qamrab olish maksimal bo‘lishi uchun qatlamning qalinligi katta bo‘lmasligi kerak; qatlamning sizdirish xususiyati juda yaxshi bo‘lishi lozim; o‘tkazuvchan qatlamchalarning soni maksimal va qo‘shni quduqlarda shunday qatlamchalar bilan aloqasi aniqlangan bo‘lishi kerak. Bu holda 33 haydovchi quduqlarning soni maydon bo‘ylab suv haydashdagiga nisbatan ancha kam bo‘ladi. 3.3.Suv haydab qatlam bosimini ushlash tavsifi Suv haydash jarayoni murakkab jarayon bo‗lib, uni boshqarish va nazorat qilish ham murakkabliklarga ega. Buning asosiy sababi biz ish olib borayotgan kollektorlarning xilma-xilligi va ular bag‘rida turli qatlamchalarning mavjudligidir. Bir xil g‗ovaklik va o‗tkazuvchanlikka ega va neftga to‗yinganlik darajasi ma‘lum bo‗lgan kollektorlarda suv haydash usulining qaysi turi bo‗lmasin juda yaxshi natija beradi, chunki haydalayotgan suv qatlamning har bir burchagi va barcha qalinligiga ta‘sir o‗tkazib, o‘sha qalinlikdan va burchakdan neftni oluvchi quduqlar tubiga haydab kelishga yordam beradi. Qatlam turli qatlamchalardan tashkil topgan yoki juda turli tumanlikka moyil bo‗lgan hollarda haydalayotgan suv o‗ziga qulay va o‗tkazuvchanligi yuqori bo‗lgan qatlamchalardan harakatlanaveradi. Natijada suvning butun qatlamga ta‘siri yetarli bo‗lmay qolishi tabiiy va shuning uchun ham neftberuvchanlik bunday hollarda pastligicha qoladi. Suv haydash usulining samaradorligini oshirish maqsadida qatlamni egallash maksimal darajasiga erishmoqlikka harakat qilinadi. Buning uchun uyumning chekka qismiga yoki xilma - xillik yuqori bo‗lgan maydonlarda oluvchi va haydovchi qo‘shimcha quduqlar qazish maqsadga muvofiqdir. Bunday hollarda qazilgan qo‗shimcha quduqlar ularga haydalgan suvning ta‘siri bo‗lmagan oluvchi quduqlar tubiga o‘sha maydondan neft sizib kelmagan hollarda o‘sha joyning o‘zini sizdirish imkoniga ega bo‘ladi. Haydalgan suv esa o‘sha quduq atrofida ta‘sirsiz qolgan joylardagi neftlarni haydab chiqarish imkonini beradi. Bundan tashqari qatlamga suv haydashning samaradorligini oshirish maqsadida uyumni bo‘lish mumkin. Bunday hollarda bo‘lingan uyum kichikroq xududga ega bo‘lgani uchun unga ta‘sir qiluvchi haydovchi quduqlarning ta‘siri ortib, gidrodinamik daraja ko‗tarilib, quduq tubiga neftning sizib kelishi ortishi mumkin. Uyumlarni bo‗lish turli darajada amalga oshirilishi mumkin: 34 Kichikroq va uzun antiklinalga o‘xshagan uyumlarni ham bo‘laklarga bo‗lish. Bunda uyumni haydovchi quduqlar bilan bir necha bo‘laklarga bo‗lish mumkin. Kollektorlik xususiyatlari juda past va qatlamdagi neftning qovushqoqligi ancha yuqori bo‘lgan hollarda uyumni har bir qator oluvchi quduqlardan so‘ng bir qator haydovchi quduqlar bilan bo‘linadi. Bu usul o‘zining yaxshi samarasini beradi, chunki quduqlarning ta‘sir kuchi 2/3 miqdorni ko‗rsatadi. Bu hollarda anchagina qo‘shimcha neft olishga erishilishi mumkin. Qatlamni bo‗lishning besh qatorlik varianti. Qatlamdan olinishi mumkin bo‗lgan neftni besh qatorlik usul bilan amalga oshirish qatlamning xilma-xilligi uncha katta darajada bo‗lmagan va undagi neftning qovushqoqligi ham uncha katta bo‗lmagan hollarda qo‗llanadi va uyum bir qator haydovchi quduqlarga besh qator oluvchi quduqlar to‗g‗ri keltirib qaziladi. Bunda ham quduqlarning ta‘siri 2/5 darajada bo‗ladi va bu variantda ham anchagina qo‗shimcha neft olish imkoni yaratiladi. Qatlamni bo‗lishning besh qatorlik varianti qatlamdagi mavjud neftni chiqarib olish maqsadida ba‘zi hollarda qatlamga haydalayotgan suvning harakat yo‗nalishini o‗zgartirish hollari ham uchraydi. Bunda yo‘nalishni ba‘zan 180 o , ba‘zan esa 90 o ga o‗zgartirish mumkin. Yo‘nalish o‗zgargan holda qatlamning yuvilish xususiyati o‗zgarmagan holda undagi harakatlanuvchi suyuqlikning yo‗nalishi o‗zgarib, shu orada ta‘sirsiz qolib ketgan maydonga va maydon qismini o‗z ta‘siriga olishi bilan ahamiyatlidir. Qatlamdagi qoldiq neftning miqdoriga va unga qilingan ta‘sirning samarasiga qarab, bu usullarni bir necha marta qaytarish maqsadga muvofiqdir. Haydaladigan suvning miqdorini ko‗paytirish bilan ham yaxshi natijalarga erishmoq mumkin. Bunda albatta haydovchi quduqlarga haydalayotgan suv miqdori 3-4 va undan ham ko‘proq oshirib, qatlamdagi yuvilish imkoniyatini ancha oshirishga erishamiz. Haydash darajasini oshirishimiz evaziga uyumdan olinadigan suyuqlikni miqdorini oshirish imkoniga ega bo‗lamiz. Bunday holatni jadallik bilan mahsulot olish (forsirovanniy otbor) - deb ataladi. Bu usul ayniqsa qatlamning kollektorlik xususiyatlari juda xilma-xillikka moyil bo‗lganda va undagi neftning qovushqoqligi yuqori bo‗lganda qatlamda quduqlar baravar suvlanganda va neft beruvchanlik 35 koeffitsienti ancha past bo‗lib, qoldiq neft miqdori ancha ko‗p bo‗lgan hollarda o‗zining samarasini beradi. Haydash miqdori va olish miqdorining ortishi hisobiga qatlamda suyuqliklarni harakat tezligi ortadi va natijada qatlamning ta‘sirlanish hamda qamrab olinish darajasi ortadi. Natijada qatlamdan olingan umumiy neft miqdori ham ortib, neftberuvchanlik koeffitsienti ham ortishga erishiladi. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling