N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Suv haydab qatlam bosimini saqlash
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
3.2.Suv haydab qatlam bosimini saqlash Qatlam bosimini ushlab turish maqsadida uyumning chegara ortki, chegara qismiga va chegara ichki qismiga suv haydash usullari qo‘llaniladi. Ayrim hollarda chegara ortidan va chegara bo‘ylab suv haydash usuli, chegara ichki qismiga suv haydash usullari bilan to‘ldiriladi. Chegara orti, chegara bo‘ylab va chegara ichki qismidan suv haydash natijasida uyumga qo‘shimcha energiya bilan ta‘sir qilinadi va uyumni yuqori sur‘at bilan ishlashiga yordam beradi. 26 Qatlam energiyasini saqlash maqsadida qatlamga sun‘iy ta‘sir etish uchun uyumni ishlatishni dastlabki davrlaridan ishchi agent haydaladi. Bu qatlam bosimini yuqori darajada ushlab turish, ya‘ni boshlang‘ich qatlam bosimiga yaqinroq, quduqni yuqori debitliligini va shu bilan birgalikda neft beraoluvchanlik koeffitsientini yuqori bo‘lishini ta‘minlaydi. XX asrning qirqinchi yillari o‘rtasida sobiq sovet neftchilari va olimlari tomonidan qatlamni ishlatish jarayonida unga suv haydash texnologiyasi joriy qilingan va ishlatib ko‗rilgan. Neft uyumlarini suv siquvi tarzida ishlatishda chekka va ostki suvlarning tabiiy bosimidan foydalaniladi. Qatlam bir xil bo‘lganda harakatlanayotgan chekka suvlar fronti tashqi neftlilik konturiga parallel siljiydi. Bunday paytda qazib chiqarish quduqlarini tashqi neftlilik konturiga parallel qatorlar bilan joylashtirish rejalashtiriladi. Ishlatish jarayonida qazib chiqarish quduqlari va uyumning alohida qismlarini muddatidan avval suvlanishini bartaraf qilish maqsadida qazib chiqarish quduqlarining birinchi qatori ichki neftlilik chegarasida joylashtirilgan. Lekin bunday hollarda suvlanish «til» larini hosil bo‘lishi hisobiga neft suvneftli zonalardan kam hajmda olinadi, neftberuvchanlik koeffitsienti kamayadi, bu ishlatish tizimi bilan uning rejalashtirilgan kattaligi ta`minlanmaydi. Shuning uchun keyingi paytlarda qazib chiqarish quduqlarini uyumning suvneftli zonasida ham joylashtirish ko‘zda tutiladi. Rejalashtirilgan ishlatish tizimlarida ishlatish nazorat qilinsa maksimal neft beraoluvchanlik koeffitsientiga erishiladi. Bunda qazib chiqarish quduqlari mahsulotining suvlanganlik darajasi va jadalligiga katta e‘tibor beriladi. Birinchi qator quduqlari suvlanganda ular to‘xtatiladi va qo‘shimcha ichki qator ishga tushiriladi. Qatlam suvlarining faol siquvi bilan massiv neft uyumlarini ishlatishda ularni qatlamning kesimi bo‘ylab suvlanishi kuzatiladi, SNCh tez siljiydi. Qazib chiqarish quduqlarini suvlanish tezligini kamaytirish uchun qatlamning neftga to‘yingan oralig‘ini yuqori qismigina perforatsiyalanadi (ochiladi). Bunda avval uyum 27 oralig‘ining quyi qismi, so‘ngra tobora yuqori qismlari ishlatiladi. Quduqlar ham tobora pastdan yuqoriga suvlanib boradi. Neft va neftgaz konlarini ishlatish jarayonida qatlam bosimini ushlab turish maqsadida qatlamning geologik sharoitlaridan kelib chiqib turli usullarda suv haydaladi. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling