N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Qatlamni sizdirish jarayonini boshqarishning umumiy prinsiplari


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

2.3. Qatlamni sizdirish jarayonini boshqarishning umumiy prinsiplari 
Qatlamni sizdirish neftni suv yoki gaz bilan siqib chiqarish rejimi faol 
sharoitida amalga oshirish talab qilinadi. Qatlamni sizdirish jarayonini boshqarish va 
me`yorlash maqsadi neftni qazib olishni oshirishga (intensifikatsiya) oid tadbirlar 
majmuasini amalga oshirishdan iboratdir. Ishlab chiqarishga tadbiq qilingan qazib 
olishni oshirish (Metodi intensifikatsi) usullariga quyidagilarni misol qilishimiz 
mumkin: haydash chizig‘ida bosimni oshirish, ayrim holatda boshlang‘ich qatlam 
bosimidan ham yuqoriroq ko‘tarish; uyumni qo‘shimcha bo‘lish; birgalikda-alohida 
suv haydash va neft qazish; siklik suv bostirish; o‘choq va maydon bo‘ylab suv 
haydash; ishlatish quduqlari chizig‘ida quduq tubi bosimini to‘yinish bosimidan 
pasaytirish; ko‘p qatlamli obektlarda mahsuldorligi past qatlamlarga ta‘sir etish; 
qo‘shimcha quduqlar qazish; ko‘p qatlamli konlarda quduqlarni birgalikda-alohida 
ishlatish. Suvning siquvchanligini yaxshilovchi usullarni qo‘llash (SFM, uglekislota 
va quyuqlashtiruvchi qo‘shish), issiqlik ta‘sir usuli, ratsional issiqlik tashuvchilarni 
haydash; yuqori bosimda boyitilgan uglevodorod gazini haydash va boshqalar. 
Neftni qazib chiqarishni oshirish usullarini qo‘llash, unumdorligi yuqori 
ishlatish texnikalari asosida: markazdan qochma cho‘kma elektronasos qurilmalari, 
shtangali nasoslar, yangi turdagi tebratma-dastgohlar va boshqalar. 


21 
Neft qazib olish texnologiyasi va ishlash jarayonini samarali boshqarish 
deganda shunday boshqarish tushuniladiki, unda suyuqlik qazib olish sur`atini 
oshirish qatlamning neft beraoluvchanligiga teskari ta‘sir qilmaydigan va 
rejalashtirilgan qazib olish sur`atini yoki uning tushishini sekinlashtirishni ta‘minlash 
tushuniladi. 
Suyuqlik qazib olish sur‘atini boshqarish qatlamdan minimal suv qazib 
olishni ta‘minlashi shart. Bunda mustahkam bo‘lmagan va yoriqli kollektorlarda suv-
neft chegarasiga yaqin joyni ishlashda, shu bilan birgalikda suv neft chegarasi 
(SNCh) va gaz neft chrgarasi (GNCh) ga yaqin joylashgan quduqni ishlatishda qazib 
olish cheklanadi. 
Neft qazib olish texnologik jarayonini nazorat qilish va boshqarish 
ishlatishning oxirgi davrlarida sizdirish jarayoni qiyinlashganda (suv yorib kirishi, 
neftga to‘yingan hududni to‘sish va aylanib o‘tish, mustahkam tiqin hosil bo‘lishi va 
boshqa shu kabilar) kuchaytiriladi. Buning uchun maxsus baholovchi quduqlar 
burg`ilanadi va namunalar olinib neftga to‘yinganligi o‘rganiladi. Qatlamni sizdirish 
jarayoni, uni ishlatayotgan quduqlarning ishlari orqali amalga oshiriladi. Har bir 
quduq o‘z tavsifiga va ishlatishning texnolgik rejimlarini boshqarish xususiyatlariga 
ega. Har bir quduqning texnologik rejimini me`yorlash muhim ahamiyatga ega 
bo‘ladi. 
Qatlamni sizdirish jarayonini me`yorlash va nazorat qilish vositasi 
gidrodinamik, termodinamik va geofizik usullar yordamida sistematik rejalashtirilgan 
chuqurlik tadqiqot ishlar hisoblanadi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling