N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Uyumlarni ishlatishning texnologik rejimlari


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

 
2.2.Uyumlarni ishlatishning texnologik rejimlari 
Ishlatishning texnologik rejimlarini asosiy nazorat kriteriylar qatlamda bosim 
taqsimlanishi va uning kattaligi hisoblanadi. Qatlam bosimining taqsimlanishi tavsifi 
qatlamda suyuqlik va gazlarning faolligi (intensivligi) va yo‘nalishini, ya`ni 
neftgazlilik chegarasini siljishini aniqlaydi. Amalda real sharoitda qatlam har 
xilligida neftlilik chegarasining boshlang‘ich holatiga nisbatan to‘g‘ri siljishini 
ta‘minlash qiyin. Shuning uchun alohida quduqlar uchun texnologik rejimni o‘rnatish 
yoki navbatdagi ko‘rib chiqilishida izobar xaritasi va neftgazlilik chegarasidan 
foydalanish zarur. 
Quduqni ishlatishning texnologik rejimini o‘rnatishda, uning alohida 
xususiyatlarini hisobga olish kerak bo‘ladi. Bularga mustahkamlovchi quvurlarning 
mustahkamligi, yer osti va usti jixozlarining holati, quduq tubi atrofidagi 
kollektorlarning mustahkamligi, neftlilik chegarasiga nisbatan tuzilmali quduqning 
joylashishi va gaz faktorining ruxsat etilgan miqdori. 
Sanoat neft zaxirasini yo‘ldosh suvlarsiz yoki kam miqdorda suvlangan neft 
qazib olishga, suvning qovushqoqligi neftning qovushqoqligiga nisbatan katta 
bo‘lgan sharoitda, suvlangan qismini izolyatsiya qilish orqali va neft qazib olishni 
yaxshi tashkil qilingan holatda erishiladi. 
Konda neftni yig‘ish va saqlash sxemasi, qazib olingan suvni qatlamga qayta 
haydash uchun tayyorlashni ta‘minlashi shart. Bu yerda bir vaqtda ikkita masalani 
yechish mumkin: suv havzalarining oqova suvlar bilan bulg‘anishini kamaytiradi va 
qatlam bosimini saqlashni ta‘minlaydi. 
Aniq obekt bo‘yicha optimal ishlash tempi iqtisodiy talablarni hisobga olgan 
holda qatlam mahsuldorligi va uning har xilligidan kelib chiqib o‘rnatiladi. 
Qatlamdan suyuqlikni jadallashtirib olish, neftberaoluvchanlikni oshirishning chorasi 
sifatida, asosan ishlatishning oxirgi davrida qo‘llaniladi. 


20 
Suv bostirish orqali ishlatilayotgan obektda, tugallanib borayotgan davrda 
jadallashtirib ishlatishni suv haydashni cheklash yoki butunlay to‘xtatish orqali 
qo‘llaniladi. Bunga suvsiz va kichik debitli quduqlardan qazib olish ko`rsatkichini 
katta quvvatli markazdan qochma cho‘kma elektronasos qurilmasi bilan jadallashtirib 
qazish orqali erishiladi; asosiy fond quduqlari burg‘ilanib bo‘lgan konda qo‘shimcha 
quduqlar burg‘ilash orqali; suvlangan qatlam va qatlamchalarni selektiv izolyatsiya 
qilish orqali; izolyatsiya ishlari yaxshi samara bermagan yuqori debitli suvlangan 
quduqlarda ikkinchi stvol burg‘ilash orqali erishiladi. Quduqni ishlatish rejimini 
tezda o‘zgartirish mumkin emas, ayniqsa suyuqlikni texnologik asoslamagan holatda 
kamaytirish mumkin emas. Shuning uchun ishlash tahlili qatlam va quduqni ishlash 
texnologik rejimini nazorat qilish va o‘rnatishning asosiy omili hisoblanadi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling