N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Gaz bosimi rejimi. Gaz do‘ppili uyumlarda neftni quduqlar tubiga harakatlan-
tiruvchi asosiy energiya manbai gaz do‘ppisidagi gazning bosimi hamda neftda erigan gazning qayishqoqligi hisoblanadi. Bu uyumlarda bundan tashqari chekka va ostki suvlarning faolligi kuzatilishi mumkin. Gaz bosimi rejimida ishlatishning dastlabki davrlarida neft olish ahamiyatsiz kamayadi. Bu ko‘p neft qazib olinganda uyumning neftli qismida qatlam bosimini pasayishi natijada gaz do‘ppisidagi gazning kengayishi hisobiga bosimning yuzaga kelib neftni gaz bilan siqib chiqarilishi bilan bog‘liq. Bunday holda uyumda GNCh ni tobora pasayishi kuzatiladi. Vaqt o‘tishi bilan gaz do‘ppisida ham bosim tobora pasaya boshlaydi va neft debitini kamayishiga olib keladi. Gaz bosimi rejimida qatlam bosimining o‘zgarishi jami neft olishga bog‘liq bo‘ladi. Neft qanch ko‘p olinsa, qatlam bosimi shunch pasayib boradi va uyumning neftli qismida qatlam bosimining pasayishiga olib keladi. Bu neftda erigan gazning erkin holatda ajralishi va uni gaz do`ppisida to‘planishiga imkon yaratadi. Neft tarkibidan gazning ajralishi uning qovushqoqligini ortishiga sabab bo‘ladi va neft debitiga hamda neft beraoluvchanlikka salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Qatlam bosimining yanada pasayishi gaz omilini o‘sishiga olib keladi. Uyumning neftli qismida qatlam bosimining sezilarli pasayishi chekka va ostki suvlarini harakatlanishi va uyumga kirishiga imkon yaratadi. Bu o‘z navbatida SNCh ni uyumning gumbaz qismiga tomon siljishiga olib keladi. Qatlam bosimini uyumning gazli qismida pasayishi va ko‘p miqdorda gaz olish GNCh ni yuqoriga siljishi va neftni quruq kollektorga kirishiga sabab bo‘ladi. U yerdan neftni olish imkoni bo‘lmaydi. Tabiiyki bu jarayon neftberaoluvchanlikni pasayishiga olib keladi. Bunday holatlarda gaz do`ppisidan gaz olish maqsadga muvofiq emas. Gaz bosimi rejimida oxirgi neftberaoluvchanlik koeffitsienti 0,5-0,7 ni tashkil qiladi. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling