N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

 
4.3.Quduqlarni perforatsiya qilish 


45 
Quduqda ishlatish quvurlar tizmasini mahsuldor qatlamning kerakli 
chuqurlikkacha tushirilib sementlangan quduq tuzilishi kam xarajatliligi uchun ko‘p 
qo‘llaniladi. 
Mahsuldor qatlam otish natijasida teshik hosil qilish jarayoni teshish 
(perforasiya) jarayoni deb atalsa, teshishda qo‘llaniladigan apparat perforator deb 
ataladi. 
Mustahkamlovchi quvurlar tizmasi va sement halqasida teshik hosil qilish 
uchun to‘rtta usuldan foydalaniladi: 
O‘qli torpedalash, kumulyativ va suv qum aralashmasi bilan teshish. 
O‘qli perforatorlarning quyidagi turlari mavjud: 
1) bir vaqtda otiladigan perforatorlar, bunda mahsuldor qatlamni teshish 
barcha o‘qlar bir vaqtda otilib, mahsuldor qatlam teshiladi. Bu usul mustahkam qalin 
qatlamli quduqlarda qo‘llaniladi; 
2) o‘qlari ketma-ket otiladigan perforatorlar, bunda birinchi o‘q otilgandan 
keyin ikkinchi o‘q otiladi. Bu usul mustahkamlovchi quvurlarni zararlanishi (yoriq 
hosil bo‘lishi)ni oldini olish uchun qo‘llaniladi; 
3) terib otuvchi perforatorlar bunda kerakli oraliqlarni navbatma-navbat otish 
uchun qo‘llaniladi. Bu usul qalin bo‘lmagan qatlamlarni ochish uchun ishlatiladi. 
O‘qli perforatorlar 65,80 va 98 mm diametrda ishlab chiqariladi. Tizmani 
teshishda 11 - 12,7 mm li o‘qlardan foydalaniladi. O‘qli teshgichning kamchilik 
tomoni barcha otishlar har doim ham tizmni tesha olmaydi. Ayrim otishlarda 
energiyaning tezda yo‘qolishi natijasida tizmani teshib o‘tmaydi.O‘qli 
perforatorlarning markasi APX-84 va APX-98, PP3. 
Kumulyativ teshish usulida mahsuldor qatlam kumulyativ zaryad yordamida 
teshiladi. Portlashi natijasida hosil bo‘lgan portlovchi modda tezligi 8000 m/s gacha 
bo‘ladi. 
Kumulyativ peforatorlar korpusli va korpussiz perforatorlarga bo‘linadi. 
Korpusli perforator bir qancha zaryadlar joylashtirilgan germetik yopiq korpusdan 
tashkil topgan bo‘lib uni ko‘p marta ishlatish mumkin. Korpusda kumulyativ zaryad, 


46 
detanatsiya hosil qiluvchi shnur va portlovchi patron joylashgan bo‘ladi. Bunday 
perforatorlar 10 va 20 zaryadli bo‘lib, markasi ПК-103, ПКС105ДУ .
4.3-rasm. ПКС105ДУ markali korpusli 
perfaratori. 
1 – portlovchi patron; 2 –detanatsiya
shnuri;
3 – kumulyativ zaryad;
4 – elektr simi.
4.4-rasm. Kumulyativ zaryad. 
4.5-rasm.ПК105-Э markali perforator.
Kumulyativ perforatorlarining texnik tavsifi. 


47 
4.1-jadval 
Ko`rsatkichlari 
Korpusli perforatorlar 
Korpussiz perforatorlar 
ПК85ДУ 
ПК105ДУ 
ПНКТ73 
ПНКТ73 
ПКО 73 
ПКО 89 
ПКОТ73 
ПКОТ89 
ПКС80 
ПКС105 
ПР 43 
ПР 54 
КПР
У65 
Tashqi bosim, 
kg/sm
2
800 
1000 
450 
1200 
800 
800 
800 
Muhit harorati, 
0
С 
180 
170 
180 
180 
100 
150 
150 
Quvurning eng 
kichik ichki 
diametri, mm 
98/118 
96/118 
96/118 
96/118 
96/118 50/62 
76 
Perforatsiya
uzunligi, mm 
95-145 
155-250 
155-250 155-250 155-250 165-275 200 
Perforatsiya 
diametri, mm 

12 
12 
12 
12 
10 

Korpussiz teshgichda har bir zaryad alohida germetik qobiq bilan 
mustahkamlangan bo‘lib, bu portlash vaqtida yoriladi. Korpussiz perforatorlar KPR-
50, KPR-65, KPR-8 va KPR-100 markali turlari mavjud. 
Teshish usullarini tanlashda perforatorlarni xususiyatlarini bilishimiz shart. 
O‘qsiz perforatorlarni qattiq tog‘ jinslaridan tuzilgan quduqlarda ishlatish yaxshi 
natija beradi; O‘qli perfarator uncha qattiq bo‘lmagan tog‘ jinslaridan tuzilgan 
qatlamni teshishda qo‘llaniladi. Snaryadli teshish usuli qattiq va kam o‘tkazuvchan 
tog‘ jinslarida qo‘llash yaxshi natija beradi. Otilgan o‘q va snaryadlar tizmani 
deformatsiyalaydi va sement halqa va qatlamlarda yoriq hosil qiladi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling