N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Filtrlar tuzilishi. Filtrlar tayyorlanishiga qarab ikki guruhga ajratiladi: 
1) avval tayyorlanib keyin quduqqa tushiriluvchi filtrlar
2) quduqqa tushirilib keyin tayyorlanadigan filtrlar. 
Birinchi guruh filtrlarining eng oddiysi, bu mustahkamlovchi quvurlarda 
shaxmat tartibida diametri 1,6 dan 1,9mm gacha bo‘lgan teshiklar teshib hosil 
qilingan turi hisoblanadi. Bunday filtrlar yuqori o‘tkazuvchan bo‘lib, qum
zarrachalarining quduqqa kirib kelishiga to‘sqinlik qilmaydi. Tayyorlanishi arzon va 
o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan bunday oddiy filtrlar qattiq tog‘ jinslaridan tashkil 
topgan konlar uchun qo‘l keladi. Yemiriluvchan tog‘ jinslaridan tuzilgan mahsuldor 
qatlam uchun ariqchali teshik hosil qilib yasalgan filtrlarni qo‘llash yaxshi samara 
beradi. Bunday filtrlar ma‘lum miqdorda qum zarrachalarini o‘tkazib qolgan qismini 


44 
filtr ortida ushlab qoladi va filtr ortidan diametri katta bo‘lgan qumlar ikkinchi qumli 
filtr hosil qiladi. 
Filtrlar tuzilish jihatidan ikki turga bo‘linadi: 
1) ariqchali teshik hosil qilgan quvurlar, bu ariqchali teshiklar quvurining 
uzunligi yoki ko‘ndalangiga hosil qilingan bo‘lishi mumkin; 
2) himoya setkasi o‘rnatilgan yoki maxsus simlar bilan o‘ralgan teshiklar 
hosil qilingan quvurlardan tayyorlangan. 
Ariqchali filtrlardan tashqari, qimmat va kam qo‘llaniladigan toshli filtrlar turi 
ham mavjud. Toshli filtrlar tuzilishining har-xilligiga qaramasdan uni ikki turga 
ajratish mumkin: 1) filtr quduqqa tushirilib toshni keyin joylashtirish; 2) filtr 
yuqorida toshlar bilan tayyorlanib keyin quduqqa tushiriladi. 
Filtrlarda ishlatiladigan toshlar shar shaklida bo‘lishi kerak va u juda 
mustahkam yemirilmasligi shart. Kvars toshlarini qo‘llash juda samaralidir. 
d
gr
/d
qum
<12 bo‘lishi kerak. Bu ko‘rsatkichni 6 dan 8 gacha oralig‘ida tanlash yaxshi 
samara beradi. Filtrlar qalinligi tosh diametridan 5 marta katta bo‘lib, uning 
o‘tkazuvchanligi qatlam qumlari o‘tkazuvchanligidan 30 marta ortiq bo‘ladi. 
Toshlarni o‘lchamiga qarab, tashqi va ichki qoplamalarda uzunligi 25-35 mm, eni 
1,5-2,2 mm bo‘lgan to‘rt qator teshiklar hosil qilinib, tashqi va ichki qoplamalar bir-
biri bilan payvandlangan bo‘ladi. Filtrning birinchi tushirilgan qismining uchiga 
yopiq cho‘yanli yo`naltiruvchi bo‘ladi. Yuqori qismiga esa ishlatuvchi quvurni ulash 
uchun o‘tkazuvchi ulangan bo‘ladi. 
Yuqorida aytib o‘tilgan toshli filtrdan tashqari quduq tubiga qumni 
zichlantirilgan filtrlar ham qo‘llaniladi. Bunda boshqa filtrlardan farqi teshilgan tizma 
ortiga katta zarrachali kvars toshlari to‘ldirilib filtr hosil qilinadi. Filtrni o‘rnatishdan 
oldin tizimda 1m ga 20 tadan teshik teshiladi. Bunda qum qatlamni gidravlik yorish 
uskunalari yordamida zichlanadi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling