N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Quduq va qatlamning o‘zaro ta’siri


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

5.3.Quduq va qatlamning o‘zaro ta’siri 
Yuqoridagi debit formulasi radiusi R
k
bo‘lgan shakli aylanaga yaqin 
konlardan bitta quduq ishlayotgan hol uchun keltirilgan. Amalda uyum ko‘p sonli 
quduqlar bilan ishlanadi. Ko‘plab quduqning birgalikda ishlatilish vaqtida, ular bir 
biriga ta‘sir ko‘rsatadi. Quduqlarning o‘zaro ta‘siri yoki interferentsiyasi, alohida 
quduq yoki quduqlar guruhi debiti yoki quduq tubi bosimi (yoki har ikkalasi 
birgalikda) qolgan quduqlarning ish rejimi o‘zgarishi bilan kuzatiladi. Quduqlar 
guruhi bilan ishlatilayotgan uyumda, boshqa quduqlarning ishi ta‘sirida har bir 
quduqning debiti u yoki bu miqdorda o‘zgaradi. Berilgan quduq tubi bosimi yoki 
berilgan debitdagi quduq tubi bosimi orqali aniqlash imkoniyatini beruvchi 
interfrensiyaning maxsus formulasi mavjud. 
O‘zaro ta‘sirlashuvchi quduqlar atrofida hosil qiluvchi p‘ezometrik voronka 
to‘g‘ri formaga ega bo‘lmaydi. O‘zaro ta‘sirlashuvchi quduqlarni orasidagi masofani 
yaqinlashtirilsa ulardagi qatlam bosimi tushadi, quduqlar orasidagi masofani 


60 
uzaytirilsa bosim ko‘tarilishi kuzatiladi. Shunday qilib, o‘zaro ta‘sirlashuvchi 
quduqlarni bir-biriga qancha yaqin joylashtirilsa, ularning ta‘siri shuncha yuqori 
bo‘ladi. 
Amaliyotda quduq atrofidagi quduqni o‘rab turgan varonka radiusi quduqlar 
orasidagi o‘rtacha masofaning yarmiga teng deb olinadi. Bu masofani quduqlarning 
shartli ta‘sir chegarasi deb atash qabul qilingan va R
k
(ta‘minot manbai radiusiga 
o‘xshash). 
5.4.Gidrodinamik nomukammal quduqlar 
Quduq debitiga bog‗liq barcha formulalar, eng muhim filtratsion 
parametrlardan bittasi ham bo‗lmasada, gidrodinamik nomukammallik koeffitsientini 
o‗z ichiga oladi. Quduq nomukammaligi haqidagi tushuncha, hech qachon mazmunan 
bir manoda bo‘lmaydi. Bu tushuncha o‘zining sinonimi ―skin-effekt‖ ga ega. 
Gidrodinamik mukammallikning elementar ma‘nosi quduq mahsuldor qatlam 
yuqori chegarasidan pastki chegarasigacha ochilgan va mahsuldor qatlam qarshisi 
ochiq qoldirilgan, quduqqa suyuqlikning sizib kirishi quduq tubi yon yuzasida yuz 
beradi, 
Gidrodinamik nomukammaligi bo‘yicha quduqlar mahsuldor qatlam ochilish 
darajasi (3-rasm, a) va ochilish sifati bo‘yicha (5.1-rasm, b) turlari mavjud. 
Shu bilan birgalikda quduqlar qatlam ochilish darajasi bo‘yicha mukammal va 
ochilish sifati bo‘yicha nomukammal bo‘lishi ham mumkin. 
Ochilish sifati bo‘yicha nomukammal quduq, mahsuldor qatlamni to‘liq 
ochmasdan, balki uning qanchadir qismini ochadi. Ochilish sifati bo‘yicha 
nomukammal quduqda qatlam bilan teshilgan teshiklar yoki filtrlar bilan bog‘lanadi. 
Gidrodinamik nomukammal quduq debitining mukammal quduq debitiga 
nisbati quduqning nomukammallik koeffitsiyentini bildiradi. 


61 
5.1-rasm. Gidrodinamik nomukammal quduq: 
a-ochilish darajasi bo‘yicha; b-ochilish sifati bo‘yicha (perfarasiya) 
Bir xil sharoitdagi nomukammal quduq debiti mukammal quduq debitidan 
kichik bo‘ladi va shuning uchun nomukammallik koeffitsiyentini birdan kichik 
bo‘ladi. 
Nomukammallik koeffitsiyenti laboratoriya sharoitida elektroanalogiya usuli 
orqali aniqlandi va uni aniq quduqlarda tekishirish mumkin.
Quduqning nomukammalligini hisoblash uchun V.I. Shurov mahsus hisoblash 
formulasi va egri chiziqli usullarini ishlab chiqdi. 
Agar quduqning nomukammalligi darajasi va sifati bo‘yicha bo‘lsa, umumiy 
nomukammalik koeffitsiyentini φ bilan belgilasak, unda debit formulasini 
quyidagicha ifodalaymiz. 
(5.5) 
Nomukammallik koeffitsiyenti birlik ulishida beriladi.
V.I.Shurov bo‘yicha quduqning nomukammalligi formulaga o‘lchovsiz 
kattalik C ko‘rinishida qo‘shimcha qarshilik kiritilishi bilan hisoblanadi. Bunda 
formula quyidagi ko‘rinishda yoziladi 
(5.6) 
bu yerda Q- quduq debiti; 
h- qatlam qalinligi; 


62 
C=C
1
+C
2
; bu yerda C
1
-ochilish sifati bo‘yicha nomukammal quduqqa oqib 
kelishda qo‘shimcha qarshilikni hisobga oluvchi koeffitsiyent;
C
2
-ochilish darajasini 
hisobga oluvchi koeffitsiyent. 
Agar quduq ochilish darajasi bo‘yicha mukammal, ochilish sifati bo‘yicha 
nomukammal bo‘lsa C ning o‘rniga C
1
qo‘yiladi, ochilish sifati bo‘yicha 
nomukammal bo‘lsa C o‘rniga C

qo‘yiladi. 
Yuqorida qayd qilinganidek, quduqning nomukammalligini hisoblashda 
nomukammal quduqqa ekvevalent qilib radiusi ancha kichik bo‘lgan mukammal 
quduq olinadi. Bunda quyidagi ko‘rinishdagi quduq debiti formulasidan 
foydalanamiz: 
(5.7) 
Bu yerda barcha belgilashlar (5.6) formuladagidek, -mukammal quduqning 
(soxta) keltirilgan radiusi. kattaligi grafik (5.4-rasm) yoki quyidagi formula orqali 
aniqlanadi: 
(5.8) 
yoki 
bu yerda e ≈ 2,718 –natural logarifm asosi. 
5.2-rasm. Quduqda qatlamning ochilish 
sifati bo‘yicha nomukammal quduqda 
oqimga qo‘shimcha qarshilikni hisobga 
oluvchi tuzatish koeffitsiyenti C

aniqlash 
grafigi: 
1-a=0,03; 2- a=0,04; 3-a=0,05; 4-a=0,06; 
5-a=0,07; 6-a=0,08; 7-a=0,09. 


63 
Grafikdan foydalanishda gorizontal o‘qdan aniqlangan C ning qiymatiga mos 
nuqtani belgilab, yuqoriga perpendikulyar tortamiz, bu qalin qiya to‘g‘ri chiziq bilan 
tutashgan nuqtadan chapga gorizontal to‘g‘ri chiziq tortib, vertikal o‘qda joylashgan 
β kattalikni aniqlaymiz (5.4-rasm). 
Amaldagi radiusni β ga bo‘lib mukammal quduqning keltirilgan radiusini 
aniqlaymiz: 
(5.9) 
bu yerda
5.3-rasm. 
Quduqda 
qatlamning 
ochilish 
darajasi 
bo‘yicha 
nomukammal 
quduqda 
oqimga 
qo‘shimcha qarshilikni hisobga oluvchi 
tuzatish koeffitsiyenti C

aniqlash 
grafigi 
5.4-rasm. 
radiusli haqiqiy quduqqa 
teng deb olinayotgan, gidrodinamik 
mukammal 
quduqning 
keltirilgan 
radiusini aniqlash grafigi. 
C
1
va C
2
koeffitsiyentlar 5.2 va 5.3- rasmda keltirilgan grafik asosida 
aniqlanadi. C ning qiymati ma‘lum bo‘lganda keltirilgan radiusni 
5.4-rasmda 
berilgan grafikdan foydalaniladi. 


64 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling