N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Qatlamning pezoo‘tkazuvchanlik koeffitsienti χ
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- (7.8.) O‗lchov birliklari: [χ] = m 2 /c; sm 2 /c. [χ] = 10 -2 ...10 2 m
- 7.3. Gidrodinamik tadqiqot qilish usullari
5. Qatlamning pezoo‘tkazuvchanlik koeffitsienti χ – quduq ish rejimi
o‗zgarishi natijasida qatlamning bosim o‗zgarishiga nisbatan xususiyatini belgilaydi. yoki qatlamning taranglik rejimida bosimning qayta taqsimlanishi tezligini harakterlaydi. Bir jinsli qatlam uchun: - Shelkachev formulasi (7.8.) O‗lchov birliklari: [χ] = m 2 /c; sm 2 /c. [χ] = 10 -2 ...10 2 m 2 /s – real qatlamlar uchun. Bu erda β s va β q suyuqlik va qatlamning siqiluvchanlik koeffitsienti; β* - qatlamning taranglik sig‗imi koeffitsienti; Pa-1 yoki sm 2 /kgs; m – effektiv (foydali) g‗ovaklik, bir birlikda. 6. Quduqning gidrodinamik mukammalligi quyidagilarni tavsiflaydi: a) quduqning keltirilgan radiusi – bu shunday tasavvurdagi quduq radiusiki, bunda o‗xshash sharoitlarda real quduqdagidek mahsulot beradi. r kel .= r q •e -q , (7.9.) bu erda q=q 1 +q 2 b) mukammallik koeffitsienti 83 (7.10.) 7.3. Gidrodinamik tadqiqot qilish usullari Hozirgi kunda qazib chiqarishda qatlam va quduqlarni gidrodinamik tadqiqot qilishning quyidagi usullari ishlab chiqilgan: ● Quduqlarni o‗rnatilgan rejimlarda tadqiqot qilish (filtratsiyaning barqaror rejimlarda oqim olish bo‗yicha tadqiqot); quduqlarning ish rejimlarini ketma-ketlikda o‗zgartirish natijasida (P qt .) quduq tubi bosimiga bog‗liq holda (Q) debitini o‗lchashga asoslangan. Bunda: 1) tadqiqot ishlarida qazib oluvchi va haydovchi quduqlar; 2) qatlamda bir fazali suyuqlik yoki gaz, shuningdek suvneft va neftgaz aralashmalarining filtratsiya jarayoni o‗rganiladi. Maqsad: quduqning K (K’), ε, k parametrlarini aniqlash. ● Quduqlarni rejimga o‗rnatilmagan holda (filtratsiyaning nobarqaror rejimlarda) tadqiqot qilish yoki quduq tubi bosimining o‗zgarishini (bosim tiklanishining egri chizig‗ini) aniqlash (quduqni to‗xtatgandan so‗ng, quduqning ish rejimini almashtirishda yoki quduqda statik sathning o‗zgarishida); quduqni to‗xtatgach quduq tubi bosimining o‗zgarishini kuzatishni yoki quduqni ishga tushirganda yoki ish rejimini o‗zgartirganda qatlamning taranglik rejimida aktiv sharoitlarni kuzatishni o‗z ichiga oladi. Bunda: 1) tadqiqot ishlarida qazib oluvchi va haydovchi quduqlar; 2) qatlamda bir fazali suyuqlik yoki gaz, suvneft aralashmalarining filtratsiya jarayoni o‗rganiladi. Maqsad: ε, k, χ, μ, K ko‗rsatgichlarini aniqlash. ● Quduqlarni o‗zaro ta‘sirini tadqiqot qilish (bir yoki bir necha quduq qo‗zg‗atuvchi boshqa quduqlar esa ta‘sirlanuvchi bo‗lib hisoblanadi. 84 Bu usulni gidroeshitish usuli ham deyiladi (tadqiqot qilinayotgan quduqlarning bir-biri bilan gidrodinamik aloqasini o‗rnatishga asoslangan); Bir quduqda (qazib oluvchi yoki haydovchi) qo‗zg‗atish sodir qilinganda ikkinchisida (p‘ezometrik yoki to‗xtab turgan quduqda) bosim o‗zgarishini nazorat qilishni o‗z ichiga oladi. Bunda qatlamda bir fazali suyuqlik yoki suv neft aralashmalarining filtratsiya jarayonini o‗rganishda qo‗llaniladi. Maqsad: tekshirilayotgan quduqning qatlam zonasidagi ε va χ ni aniqlash. ● Mahsulot oqimini (sarfni) aniqlash va qatlam kesimi bo‗ylab parametrlarni aniqlash. ● Neftni suv bilan siqib chiqarishda qatlamning joriy neftga to‗yinganligini nazorat qilish. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling