N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov


Download 7.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/168
Sana19.10.2023
Hajmi7.93 Mb.
#1710259
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   168
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Nazorat savollari. 
1. Quduq tubi atrofiga ta‘sir etish maqsadi nimadan iborat? 
2.Quduq tubi atrofiga ta‘sir etishning qanday usullarini bilasiz? 
3.Tuz kislotali ishlov berish qanday holatlarda qo‘llaniladi? 
4.Tuz kislotali ishlov berish usullari. 
5.Tuz kislotali ishlov berishda, kislota eritmasiga qanday qo‘shimchalar 
qo‘shiladi? 
6. Kislota eritmasi samarali konsentratsiyasi va miqdori qancha bo‘ladi?
7.Kislota eritmasi ishlov berishda qancha vaqt quduqda ushlanadi? 
8.Konsentrasiya va 1 metr qalinlikka ishlov berish miqdori nimaga asoslanib 
aniqlanadi? 
9. Tuz kislotali ishlov berishda ohaktosh va dolomit bilan reaksiyasi qanday 
kechadi? 
10.Issiq kislotali ishlov berish qanday holatlarda qo‘llaniladi? 
11.Issiq kislotali ishlov berishda reaksiya qanday kechadi? 
12 Quduq tubi atrofiga issiqlik usulida ta‘sir etish usullari. 
13.Qatlamni gidravlik yorish usullari haqida gapirib bering. 
14.Qatlamni gidravlik yorish bosimi qanday aniqlanadi? 
 
6-bob bо‘yicha xulosalar 
Bu bobda quduq tubi atrofiga ta‘sir etish usullari, tuz kislotali ishlov berish, 
issiq kislotali ishlov berish, issiqlik usullarida ishlov berish, qatlamni gidravlik yorish 
va torpedalash texnologiyalari haqida batafsil ma‘lumotlar keltirilgan. 


80 
7-bob. Quduqlarda tadqiqot ishlarini o‘tkazish 
7.1.Quduqni tadqiq qilish usullari va maqsadi 
Quduqda gidrodinamik va termodinamik tadqiqot etish, boshqa maxsus 
tadqiqotlar (gidrokimyoviy, geofizik) asosida qatlamning sizish ko‘rsatkichlarini 
aniqlash uchun chuqurlik o‘lchov ishlari o‘tkazishdir. Alohida quduq yoki quduqlar 
guruhida tadqiqot ishlarini olib borishdan olingan natija, qatlam va qatlam tizimini 
tadqiqotlashning umumiy kartinasini tashkil etadi. Bu degani quduqni tadqiqot etish 
qatlamni tadqiq etishning omili hisoblanadi. Kon tadqiqot natijalarini ishlov berishda 
olingan sizish ko‘rsatkichlari neft qazib olish texnologiyasi, ishlash va zahirani 
hisoblash masalalarini yechishda qo‘llaniladi. 
Tadqiqot qilishning eng asosiy turlaridan bo‘lgan gidrodinamik va 
termodinamik usullaridan eng birinchi rivojlana boshlagan usuli gidrodinamik usuli 
hisoblanadi. 
Kon tadqiqot ishlari quduqning muayyan rejimida ishlashida yoki muayyan 
oqimda ham, xuddi shu kabi nomuayyan oqimda (to‘xtatilgandan keyin, qo‘shish 
vaqti yoki rejimni o‘zgarishida) ham bir xil o‘tkaziladi. 

Download 7.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling