Ma’ruza №3 Gidrodinamik tadqiqot usullari. Barqaror rejimida quduqlarni tadqiqot qilish Ma’ruza rejasi
Download 159.62 Kb. Pdf ko'rish
|
3-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1. Gidrodinamik tadqiqot usullari
- 3.2. Barqaror rejimida quduqlarni tadqiqot qilish
- Tekshirish uchun savollar
MA’RUZA №3 Gidrodinamik tadqiqot usullari. Barqaror rejimida quduqlarni tadqiqot qilish Ma’ruza rejasi: 3.1. Gidrodinamik tadqiqot usullari. 3.2. Barqaror rejimida quduqlarni tadqiqot qilish Tayanch iboralar: Gidrodinamik, termodinamik, gidrokimyoviy, giofizik tadqiqot, idikator chizig’i, neft beraoluvchanlik koeffitsienti, depressiya. 3.1. Gidrodinamik tadqiqot usullari Quduqda gidrodinamik va termodinamik tadqiqot etish, boshqa maxsus tadqiqotlar(gidrokimyoviy, giofizik)asosida qatlamning sizish ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun chuqurlik o‘lchov ishlari o’tkazishdir. Aloxida quduq yoki quduqlar guruhida tadqiqotishlarini olib borishdan olingan natija, qatlam va qatlam tizimini tadqiqotlashning umumiy kartinasini tashkil etadi. Bu deganimiz quduqni tadqiqot etish qatlamni tadqiq etishning omili hisoblanadi. Kon tadqiqot natijalarini ishlov berishda olingan sizish ko’rsatkichlari neft qazib olish texnologiyasi, ishlash va zaxirani hisoblash masalalarini echishda qo‘llaniladi. Tadqiqot qilishning eng asosiy turlaridan bo’lgan gidrodinamik va termodinamik usullaridan eng birinchi rivojlana boshlagan usuli gidrodinamik usuli hisoblanadi. Kon tadqiqot ishlari quduqning muayyan rejimida ishlashida yoki muayyan oqimda ham, xuddi shu kabi nomuayyan oqimda (to’xtatilgandan keyin,ko’shish vakti yokirejimni o’zgarishida) ham bir xil o’tkaziladi. 3.2. Barqaror rejimida quduqlarni tadqiqot qilish Quduqlarning joriy holatini nazorat etish, ulardan olinadigan mahsulot miqdorini belgilash va ularning ishlash texnologik rejimini tuzish maqsadida tadqiqot ishlari olib boriladi. Quduqlarni tadqiqot etish barqaror va beqaror rejimlarda olib boriladi. Barqaror rejimda tadqiqot etish qo‘yidagicha olib boriladi. Quduq ancha vaqt o‘zgarmas miqdorda ishlatiladi. Bu muddatda quduqning mahsulot miqdori va tub bosimi o‘lchanadi. Birinchi o‘lchashdan so‘ng mahsulot miqdori o‘zgartiriladi. (oshiriladi yoki kamaytiriladi.) Biroz vaqtdan so‘ng quduq tubi bosimi o‘rnatilgach, o‘lchovlar takrorlanadi. Bunday o‘lchovlar kamida 3 - 4 marta bajariladi. Quduqning ishlash rejimini o‘zgartirish, quduqning ishlatilish usuliga bog‘liq. Masalan, favvora usulida ishlaydigan quduqlarda shtuser diametrini o‘zgartirib, kompressor usulida ishlaydigan quduqlarda ishchi agentning nisbiy sarflanishini o‘zgartirib, chuqurlik nasosi usulida ishlaydigan quduqlarda tebratma - dastgoh parametrlarini o‘zgartirib mahsulot miqdorini boshqarish mumkin. Quduqning har bir ishlash rejimida ishlash muddati mahsulot miqdori, qatlam tavsifi va qatlamdagi suyuqlik va gazlarning xususiyatlariga bog‘liq. Tadqiqot natijasida olingan mahsulot miqdori va unga mos keladigan bosimlar farqi orasidagi bog‘lanish grafigi chiziladi. Bu grafik indikator chiziqlari deb ataladi. Absissa o‘qida mahsulot miqdori Q va ordinata o’qida bosimlar ayirmasi P=P kat -P qud.tub. Gaz quduqlari uchun bosimlar kvadratlarining ayirmasi qo‘yiladi( P 2 ) Ko‘rinishi jihatdan indikator chiziqlari to‘g‘ri chiziqli, qavariq yoki botiq hollarda uchraydi. To‘g’ri chiziqli holat neft uyumida siqib chiqarish usuli mavjudligida va oqim Darsi qonuni bo’yicha chiziqli sizilish sharoitida yuzaga keladi. Ayrim hollarda indikator chizig‘i boshlang‘ich sharoitida to‘g‘ri shaklda bo‘lib, depressiya oshgan sari qavariq shaklga o‘tishi mumkin. Suv bosimi rejimidan boshqa hamma hollarda indikator chizig‘i qavariq shakilda bo‘ladi. Botiq shakildagi indiqator chizig‘i holatida tadqiqot natijasi qoniqarsiz hisoblanib, o‘lchashlar takrorlanadi. Indikator chiziqlari quyidagi tenglama orqali ifodalanishi mumkin: Q=K(P qat -P qud.tub ) n (3.1) Bu yerda: K - mahsuldorlik koeffisienti; n - g‘ovak muhitda sizishni xarakterlovchi koeffisient. Chiziqli sizish qonuni mavjud hollarda n = 1 va indiqator chizig‘i to‘g‘ri shaklda. Qavariq shakldagi indiqator chizig‘i n < 1 va botiq shakildagisi n > 1 sharoitlarda vujudga keladi. Chiziqli qonun bo‘yicha sizilish sharoitida tenglama quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Q= K (P qat -P qud.tub ) (3.2) Mahsuldorlik koeffisienti son jihatidan bosim 1 atmosferaga pasayganda mahsulot miqdorining qanchaga ortganligini ko’rsatadi. K= Q/(P qat -P qud.tub )= Q/ P; (3.3) Quduqning maksimal mahsulot miqdori yoki potensial debiti P kud.tub =0 holda bajarilib quyidagicha hisoblanadi. Q pot. = K P n qat (3.4) Tadqiqot natijasida chizilgan indikator chizig‘iga ishlov berib quduqning mahsuldorlik koeffisienti (K), qatlam o‘tkazuvchanligi (k), harakatlanuvchanligi k/μ; gidroo‘tkazuvchanlik k h/μ; p’ezoo‘tkazuvchanlik (x) va boshqa parametrlarni hisoblash mumkin. Indiqator chizig‘iga ishlov berish quyidagi tartibda bajariladi. Indiqator chizig‘ining to‘g‘ri chiziqli qismi uchun mahsuldorlik koeffisienti. Quyidagicha hisoblanadi. K= Q/ P; (3.5) Darsi qonuniga asosan quduq tomon oqim quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi. Q=2 kh(P qat -P qud.tub )\μ(lnR ch /R qud +C 1 +C 2 ) (3.6) bu yerda; k - qatlam o‘tkazuvchanligi; h - qatlam qalinligi; μ - quduq mahsuloti qovushqoqligi; R ch – ta’minot chegarasi radiusi; R qud - quduq radiusi; C 1 , C 2 – quduqning gidrodinamik nomo‘kammallik koeffitsienti; Yuqorida ko’rsatilganidek quduqqa nisbatan oqim Q = K(P qat -P qud.tub ) tenglamasi yordamida ham hisoblanadi. Bu ikkala tenglamaning o‘ng tomonlarini tenglashtirib qatlamning o‘tkazuvchanlik koeffisienti topiladi. 2 kh(P qat -P qud.tub )/ (lnR ch /R qud +C 1 +C 2 )= K (P qat -P qud.tub ) (3.7) r =K (lnR ch /R qud +C 1 +C 2 )/ 2 h (3.8) Endi o‘tkazuvchanlik bilan bog’liq bo‘lgan boshqa parametrlarni (k/μ; k h/μ; x) hisoblash mumkin. Darsi qonunidan chetlanish hollarida Q=K(P) n shakldagi parabalik tenglama indikator chizig’ini to‘la tasvirlay olmaydi. Bu hollarda bosim gradientning quyidagi ikki hadli tenglamasidan foydalanish mumkin. P/x=k/ u 2 -u u 2 (3.9) bu yerda: P - x uzunlikdagi maydonda bosimlar ayirmasi; μ- neft qovushqoqligi; u – sizilish tezligi; u – g’ovak muhit geometriyasiga bog’liq koeffitsient. Bu tenglamaning mazmuni quyidagicha. Suyuqlik yoki gaz harakatida qaysidir uchastkada bosimlar ayirmasi suyuqlik yoki gazning inersiya kuchi va ishqalanish kuchini bartaraf etish uchun sarflanadi. Bu kuchlar g‘ovaklik kanallarining notekisligi natijasida yuzaga keladi. Kichik tezlikdagi sizishda inersiya kuchlari katta emas va bosim asosan ishqalanish kuchlarini yengishga sarflanadi va tenglamaning birinchi qismi hal qiluvchi ro‘l o‘ynaydi. Sizilish tezligi quduq debiti bilan proporsional bog‘liq bo‘lganligi sababli indiqator chizig’iga quyidagi tenglama mos keladi: Suyuqlik uchun P = A Q +BQ 2 Gaz uchun P 2 = A 1 Q at +B 1 Q 2 at bu yerda: A, B,A 1 ,B 1 - berilgan quduqlar uchun doimiy koeffitsientlar; Q – neft debiti; Q at - atmosfera bosimiga keltirilgan gazning hajmiy miqdori. Shunday ekan, oqim tenglamasini quyidagicha yozish mumkin: P/Q = A +B Q; P 2 /Q = A 1 +B1 Q at ; Tadqiqot natijalari Q=α(P/ Q) yoki Q=α( (P) 2 / Q at ) Fizikaviy mohiyati jihatidan A(A 1 ) koeffisienti mahsuldorlik koeffisientining teskari qiymatiga ega. A=1/K yoki K=1/A Mahsuldorlik koeffisientining miqdori ma’lum bo‘lsa qatlam o‘tkazuvchanligi va unga bog‘liq hamma parametrlarni aniqlash imkoniyati tug‘iladi. Tekshirish uchun savollar 3.1. Quduqlarda tadqiqot ishlarini olib borishdan maqsad nima? 3.2. Quduqlarni barqaror rejimda tadqiqot etish qanday olib boriladi? 3.3. Tadqiqot natijasida indikator chizig‘i qanday chiziladi? Download 159.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling