N. X. Ermatov, B. Y. Nomozov, D. G’. Azizova, M. X. Ashurov, A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov
Download 7.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
11.11. Chuqurlik nasosini tanlash
U yok bu quduq uchun nasos tanlash nafaqat ma‘lum belgilangan mahsuldorlikka, balki qazib olinadigan suyuqlikning fizik-kimyoviy xossasiga va quduqni ishlatish xarakteristikasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Chuqurlik nasosini to‘g‘ri tanlash uchun ishlashi mumkin bo‘lgan barcha shartlar majmuasini bilish kerak bo‘ladi. Bunda tebratma –dastgoh turi va uning yurish uzunligini hisobga olish kerak bo‘ladi. Yurish uzunligi katta bo‘lganda ko‘p sonli vutulkali nasoslardan foydalanish kerak bo‘ladi. Ko‘tarilish balandligi katta bo‘lgan quduqlarni ishlatishda vtulka va klapanlar (uchtadan kam bo‘lmagan) soni ko‘p bo‘lgan uzun plunjerli nasosdan foydalanish kerak bo‘ladi. Chuqur va o‘rtacha quduqni ishlatish uchun plunjerli o‘rnatiladigan nasoslar tavsiya qilinadi. Qum 196 tiqinlarini tozalash uchun tez tez nasos ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan chuqur bo‘lmagan quduqlarni ishlatish uchun quvurli va manjetli nasoslarni tavsiya qilish mumkin. Katta diametrli nasos bilan jixozlangan chuqur bo‘lmagan kamdebitli quduqlarni ishlatishda, agar S p >20 bo‘lsa, haydovchi klapanlarda qo‘shimcha qarshiliklarni kamaytirish uchun, sedloning ko‘ndalang kesimi katta bo‘lgan bitta klapandan foydalanish tavsiya qilinadi. Tanlangan nasos maksimal tushirilish chuqurligi bosimiga va mos posadkaga, biron turdagi plunjerga mos bo‘lishi shart. Samarali ishlash rejimini tanlashda tanlangan plunjer diametri minimal bo‘lishi va belgilangan miqdordagi suyuqlikni qazib olish va shtangaga tushayotgan yukalnishning minimal bo‘lishini ta‘minlashi lozim. Buning uchun chuqurlik nasosi minimal diametri va shtangaga minimal yuklanish shartida, uning samarali ishlash rejimi qyidagicha aniqlanadi (11.18) (11.19) Bu yerda n-minutdagi tebranishlar soni; Q suy -sutkalik suyuqlik debiti, m 3 /sut; S-silliq shtok yurish uzunligi, m da; q sht -1 m uzunlikdagi shtanganing og‘irlik kuchi, n da; η-uzatish koeffitsiyenti; F pl -plunjer yuzasi, m 2 da; ρ-suyqlik zichligi kg/m 3 . Odatda haydalayotgan suyuqlik miqdori va tebratma dastgoh turi ma‘lum bo‘ladi. Shunday xarakteristikaga ega bo‘lgan ishlayotgan qo‘shni quduq bo‘yicha uzatish koeffitsiyentini qabul qilib, berilgan S bo‘yicha, unga mos F pl yoki n ning qiymatlarini aniqlaymiz, nasos mahsuldorligini formula bo‘yicha F pl yoki n ning qiymatlariga mosini aniqlaymiz. 197 Bajarilgan hisob natijalari asosida shtangalar tizmasi mustahkamligini qondiruvchi, tebratma-dastgoh balansiri boshchasiga ruxsat etilgan yuklanishga va reduktor vali aylanish moment bo‘yicha mumkin bo‘lgan rejimni aniqlaydi. Haydaladigan suyuqlik miqdori va nasosning tushirilsh chuqurligini bilgan holda 11.13-rasmda keltirilgan diagramma orqali nasosning kerakli diametrini aniqlash mumkin. Buning uchun gorizontal o‘qda nasosning tushirilish chuqurligini topib, shu nuqtadan haydash miqdori berilgan gorizontal chiziqqa perependikulyar chiziq tortib aniqlaymiz. Download 7.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling